Domulla Hasan madrasasi
Domulla Hasan madrasasi (Domullo Hasan madrasasi, Bozori alaf madrasasi) — Oʻzbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro shahrining tarixiy markazida joylashgan 2 qavatli madrasa inshooti. Oʻzbekiston moddiy va madaniy meʼrosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan. Hozirda turistik xizmat koʻrsatish obʼekti sifatida zamonaviy foydalanishga topshirilgan
Madrasa | |
Domulla Hasan madrasasi
Domullo Hasan madrasasi Bozori alaf madrasasi | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Buxoro viloyati |
Shahar | Buxoro |
Manzil | Koʻkaldosh MFY, Mehtar Anbar koʻchasi |
Maktab yoʻnalishi | sunniy |
Mulkdor | Davlat mulki. Buxoro viloyati madaniy meʼros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida |
Madrasa turi | Oʻrta |
Meʼmoriy uslub | Markaziy Osiyo meʼmorchiligi |
Binokorlik tashabbuschisi | Hasan oxund ibn Xol az-Zarir al-Buxoriy |
Homiylar | Hasan oxund ibn Xol az-Zarir al-Buxoriy |
Asosiy sana: XIX asr boshlari
| |
Maqomi | davlat himoyasida[1] |
Holati | Turistik xizmat koʻrsatish obʼekti |
Hujralar soni | 23 |
Qurilish materiali | Pishiq gʻisht |
Tarixi
tahrirMadrasa XIX asrning boshlarida Buxoro amirligi poytaxtining Kokilayi xoʻrd guzarida, oʻzbek hukmdori Haydar (1885–1910) hukmronligi davrida, Hasan oxund ibn Xol az-Zarir al-Buxoriy (Domulla Hasan) mablagʻlari evaziga bunyod etilgan[2][3].
Domulla Hasan 1779-yilda tavallud topgan. Amir Haydar va amir Nasrullaxon davrlarida dastlab muftiy lavozimida faoliyat yuritadi, Koʻkaldosh madrasasida mudarrislik qiladi va oxundlik darajasiga koʻtariladi. U 1857-yil 21-iyunda 78 yoshida vafot etadi. Undan soʻng mazkur madrasaga oʻgʻli Abdulhaq mudarris boʻlib taʼyinlanadi[3].
Sovetlar hukmronligi oʻrnatilgandan soʻng madrasada talabalarning oʻqitilishi tugatilgan.
2010-yilda ishlab chiqilgan Davlat dasturiga binoan, madrasani 2011-yilda tadqiq qilish, favqulotda qismlarini boʻlaklarga ajratish, konstruktiv mustahkamlash, tiklash va taʼmirlash, hududini obodonlashtirish ishlari rejalashtirildi va bu ishlarni amalga oshirish maqsadida 5 million soʻm mablagʻ ajratildi[4].
Madrasa inshooti, Buxoro shahri meʼmoriy yodgorligi sifatida, 2019-yilda tasdiqlangan Oʻzbekiston moddiy va madaniy meʼrosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan boʻlib[1], hozirda turistik xizmat koʻrsatish obʼekti sifatida zamonaviy foydalanishga topshirilgan[4]. Katta koʻcha tarafidagi pastki hujralari doʻkonga aylantirilgan[3].
Buxoro shahridagi Koʻkaldosh MFYga qarashli Mehtar Anbar nomli koʻchada joylashgan[1].
Meʼmorchiligi
tahrirMadrasa inshooti pishiq gʻishtdan 2 qavatli qilib qurilgan[2], 23 ta hujradan iborat[3].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 „Моддий маданий мероснинг кўчмас мулк объектлари миллий рўйхатини тасдиқлаш тўғрисида Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 846-сон 04.10.2019 й. қарори“. Lex.uz. Qaraldi: 2021-yil 9-aprel.
- ↑ 2,0 2,1 „Медресе Домулло Хасан“. Rusrav.uz. Qaraldi: 2021-yil 9-aprel.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 3,3 Jumanazar A.. Buxoro taʼlim tizimi tarixi, 2017 — 240—241-bet.
- ↑ 4,0 4,1 „Государственная программа по исследованию, консервации, реставрации и приспособлению для современного использования объектов культурного наследия г. Бухары до 2020 года“. Nrm.uz. Qaraldi: 2021-yil 8-aprel.
Adabiyotlar
tahrir- Jumanazar A.. Buxoro taʼlim tizimi tarixi. Toshkent: Akademnashr, 2017 — 592-bet. ISBN 978-9943-4728-2-2.