Domulla Sher madrasasi
Domulla Sher madrasasi— Buxoro madrasasi. Hozirgi kunda madrasa saqlanib qolmagan.
Domulla Sher madrasasi XIX asr Xoʻja Zomuchi guzarida[1], Buxoro amirligida hukmronlik qilgan Amir Haydar davrida Domulla Shermuhammad tomonidan bunyod etilgan. Tadqiqotchi olim Abdusattor Jumanazarov ushbu madrasaga oid bir qator vaqf hujjatlarini oʻrgangan boʻlib, madrasa bilan bogʻliq maʼlumotlar keltirgan. Vaqf hujjatlariga koʻra madrasa 15 ta yuqori va pastki hujra, darsxona, masjid, hojatxona va mustahabxonadan iborat boʻlgan. Madrasa gʻarbida Koʻkaldosh madrasasi va koʻcha, shimol va sharqida koʻcha va hovli, janubida Muhammad Salim hovlisi va Koʻkaldosh madrasasiga eltuvchi yoʻl mavjud boʻlgan. Ushbu madrasaga voqifning oʻzi mutavvali boʻlgan. XIX asr oxirida madrasada mulla Nabiraxoja ismli banoras toʻnli mudarris taʼlim bergan. Sovet davrida 1922-yil Domulla Sher madrasasi qamoqxonaga aylantirilgan. Domulla Shermuhammad oʻz davrining koʻzga koʻringan allomalaridan biri edi. U oxunlik darajasiga yetishib, Koʻkaldosh madrasasida ham mudarrislik qilgan. U asli qoʻqonlik boʻlib, koʻp yillar Buxoroda istiqomat qilgan. U oʻz ilmini shayxulislom Atoullaxoja ibn Hodixojadan olgan. Domulla Shermuhammad umrining oxirida koʻr boʻlib qoladi. U 1824-yilda 86 yoshida vafot etadi[2]. Sadri Ziyo ushbu madrasada 49 ta hujralar boʻlganligini yozib qoldirgan[3]. Tadqiqotchi olim Abdusattor Jumanazarov vaqf hujjatlariga tayanib, madrasa 19 ta hujradan iborat deb koʻrsatgan.
Domulla Sher madrasasi 19 ta hujradan iborat boʻlgan. Ushbu madrasa Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi uslubida bunyod etilgan. Madrasa pishiq gʻisht, yogʻoch, tosh va ganchdan qurilgan.
Madrasa | |
Domulla Sher madrasasi
| |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Buxoro viloyati |
Shahar | Buxoro |
Maktab yoʻnalishi | sunniy |
Mulkdor | Domulla Shermuhammad |
Meʼmoriy uslub | Markaziy Osiyo meʼmorchiligi |
Binokorlik tashabbuschisi | Domulla Shermuhammad |
Asosiy sana: XIX asr
| |
Holati | Saqlanib qolmagan |
Hujralar soni | 19 ta |
Qurilish materiali | Pishiq gʻisht |
Manbalar
tahrir- ↑ Rahmatova S, Qurbonov H. Buxoro guzarlari tarixidan lavhalar. Buxoro: Buxoro nashriyoti, 1995 — 144-bet.
- ↑ Abdusattor Jumanazar. Buxoro taʼlim tizimi tarixi. Toshkent: Akademnashr, 2017 — 592-bet.
- ↑ Muhammad Ali Baljuvoniy. Tarixi Nofeyi (Foydali tarix). Toshkent: Akademiya nashriyoti, 2001 — 122-bet.