Donald Frencis Macheal Hastings (1934-yilning 1-aprelida tugʻilgan) —– amerikalik aktyor, qoʻshiqchi va ssenarist. U 50 yil davomida ijro etgan doktor Robert „Bob“ Hughes roli bilan juda mashhur hisoblanadi. Hastings Hughes rolini ijro etgan uchinchi aktyor boʻlgan hamda xuddi shu seriyadagi matriarx Helen Wagnerning oʻlimidan soʻng Amerika telekoʻrsatuvidagi eng uzoq umr koʻrgan aktyor boʻlgan[1].

Don Hastings
Tavalludi 1-aprel 1934-yil (1934-04-01) (90 yosh)
Brooklyn, Nyu York, AQSh
Fuqaroligi AQSh
Kasbi Aktryor, qo'shiqchi va yozuvchi
Faoliyat yillari 1940–2010
Turmush oʻrtogʻi

(1) Nan Hastings (ajrashgan); 3 ta farzand

(2) Leslie Denniston (1980; 1 ta farzand)

Hastings 1940-yildan shou-biznesda va 1947-yildan televideniyeda ish yuruta boshlagan. Birinchi navbatda u seriallar faol ish yuruta boshlaydi. U faqatgina 1958-yilda Beverly Garlandning „Decoy“ nomli jinoiy dramasining „The Savage Payoff“ nomli epizodida Deve Carter rolini ijro etadi. Bu uning yagona filmi boʻlgan.

Karyerasi tahrir

1934-yilning 1-aprelida Nyu-York shahrining Bruklin qismida tugʻilgan[2]. U oʻzining asosiy yoshlik damlarini Bedford-Stuyvesant tumanida oʻtkazgan. U 6 yoshidayoq radiodagi „Coast to coast on a bus serialida „Bus Bunny“ xor aʼzosi sifatida ishlay boshlagan. 1944-yildan 1948-yilgacha u 4 taBroadway spektaklida rol oʻynagan[3]. 1949-yildan 1955-yilgacha Hastings DuMont kompaniyasining Capitan Video and His Video Rangers nomli teleserialida Video Ranger rolini oʻynadi. U bolalarni qiziqtirish uchun moʻljallangan birinchi super qahramonlardan birini ijro etgan.

Hastings 1956-yildan 1960-yilgacha CBSning "The Edge of Night" serialidagi Jack Lane rolini ijro etgan. U 1960-yilning oktabr oyidan boshlab 2010-yil 17-sentyabrdagacha shouning "As the World Turns" serialida Bob Hughes rolini oʻynaydi va serialni „Xayrli tun“ deya tugatadi.


Hastings, shuningdek, ssenariy muallifi boʻlib, J.J Matthews nomi ostida "As the World Turns" va „ Guiding Light“ uchun dialoglar yozgan.

Shaxsiy hayoti tahrir

Hastings va uning birinchi xotini Nanning Jennifer, Julie va Matthew ismli uchta farzandi bor[4]. Hastings 1980-yilda turmushga chiqqan va Kate ismli qizi bor ikkinchi xotini, aktrisa Leslie Denniston bilan Nyu-York shtatining yuqori qismida yashaydi. Uning oʻgʻli Matthew 1999-yildan beri shou-biznesda yozuvchilik qiladi. Bundan tashqari u rejissyor va prodyuser sifatida ham faol.

Hastings 2014-yilning iyun oyida vafot etgan aktyor Bob Hastingsning ukasi hisoblanadi [5].

Manbalar tahrir

  1. „About ATWT: Who's Who In Oakdale – Robert Hughes – As The World Turns @ Soap Central.com“. Soapcentral. Qaraldi: 2022-yil 8-yanvar.
  2. Schemering, Christopher. The Soap Opera Encyclopedia. New York: Ballantine, 1987 — 270 bet. ISBN 9780345324597. 
  3. „Don Hastings: Before and After Captain Video!“. 2018-yil 19-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 7-iyun.
  4. McElwee, Sue. „Don Hastings Really Is 'Mr. Wonderful'“. Daily News, s. 3. Qaraldi: 2022-yil 30-iyul.
  5. Banks. „Actor Bob Hastings dies at 89“. Los Angeles Times (2014-yil 2-iyul).