Don yigʻish kombayni, gʻalla yigʻish kombayni — boshokli don ekinlari (bugʻdoy, arpa, sholi)ni bir yoʻla oʻrish, gʻalla massasini uyumdan ajratib olish va boshoklarini yanchib donini ajratish, tozalangan donni bunkerga uzatish, soʻngra transport vositalariga ortish, poxol va somonlarni uyum qilib dalada qoldirish yoki maydalab dalaga sochish va b. ishlarni bajaradigan qishloq xoʻjaligi mashinasi. Uni maxsus moslamalar bilan jihozlab, uzel va mexanizmlari ish rejimini oʻzgartirib undan don oʻrish mashinalari bilan hosil qilingan uyumlar qatorini yi-gʻishda, silos bostirishda va donga moʻljallangan makkajoʻxori, kungaboqar va b. ekinlarni oʻrishda foydalanish mumkin.

Don yigʻish kombayni dron videosi 2022

D. y. k.ning oʻziyurar va tirkama xillari bor. Tirkama D. y. k.ning ish organlari tirkalgan traktorning quvvat olish validan yoki kombayndagi dvigatellar yerdamida harakatlantiriladi. Oʻziyurar D. y. k. esa kombaynga oʻrna-tilgan dvigateldan harakatlanadi. Dastlabki D. y. k. 19-asr oxirida AQSH da tayyorlangan. Bu kombayn 20—30 ot bilan tortib yurilgan. 20-asr 20-y.lariga kelib ancha takomillashtirilgan; barcha yogʻoch qismlar metallga almashtirilgan. Ish organlari ichki yonuv dvigatellari bilan harakatga keltirilgan. Ot oʻrniga dastlab lokomotiv, keyin traktordan foydalanilgan. 30-y.larda koʻproq tirkama D. y. k. tayyorlashga eʼtibor berilgan. Keyinchalik tirkama kombaynlar i. ch. keskin qisqardi. 1962 y.dan boshlab Rossiyada SK-4, SK5, SK-5A "Niva", SK-6 "Kolos" SK-6-8 rusumli oʻziyurar kombaynlar chiqarila boshlandi. D. i. k. vazifasiga, energetika vositasiga qoʻshilishiga, oʻrilgan gʻallaning kombayn ichida harakatlanish yoʻnalishiga, yurish qismi va ish qurilmalarining turiga, bunker, motor va kabinaning joylashish oʻrniga hamda ish unumiga qarab tasniflanadi. D. y. k. gʻalla oʻrish, uyumlar qatorini yigʻish, yanchish-ajratish-tozalash, poxol-somonni gʻaramlash qismlaridan iborat. Yanchish qismi koʻndalang joylashgan bir yoki ikki barabanli va boʻylama yoʻnalishda joylashgan aksial-rotorli boʻladi. Bir barabanli D. y. k. harakatlanganda motovilo poyalarni qirqish apparatiga uzatadi, qirqilgan poyalar shnek yerdamida qiya kameraga uzatiladi. Kamera ichidagi transportyor gʻallani yuqoriga, yanchgichning qabul biteriga, qabul biterining tishli plankalari gʻalla-poyalarni qisman maidalab va tekis yoyib, yanchish barabani (savagʻichli va tishli) ga uzatadi. Unda boshoklar baraban ostligiga zarb bilan urilib ishkalanadi. Boshoklardan ajralgan don va mayda xaschoʻplar baraban ostligi koʻzlaridan oʻtib pastga, elash taxtasiga tushadi. Poxol va uning ichida qolgan boshoklar va donlar qaytarish bi-teri yerdamida klavishli poxol elagichga uzatiladi. Unda elangan boshoklar va donlar ajralib, elash taxtasiga tushadi. Elash taxtasi tebranganda donlar quyi qatlamda, yengil somonqipiklar esa ustki qatlamda siljiydi. Donlar taroq koʻzlaridan toʻkilib, ustki gʻalvirning boshlanish qismiga, somonqipiqlar esa taroq sirtidan gʻalvirning oʻrta qismiga tushadi. Toza don ostki galvirga, undan elevator orqali bunkerga uzatiladi. Yengil somon-qipiqlarni ventilyator olib ketadi. Yanchilmagan boshoklar ustki gʻalvir oxiridagi jalyuzali uzaytirgich koʻzlaridan toʻkilib, boshoklar shnegiga, undan qaytarish biteriga uzatiladi. Biter aralashmani qayta yanchish bara-baniga uzatadi. Poxol-somonlar garamlagichda zichlanadi. Poxol-somonlarni angʻizga uyum shaklida toʻkishda gʻaramlagich va uzatgichlar yechib olinadi. Poxollarni maidalab dalaga sochish lozim boʻlganda pichoqli va ventilyatorli maxsus moslama oʻrnatiladi.

Aksial-rotorli D. y. k. (Rossiyaning Don-2600, AQSH ning "Massey ferguson" don yigʻish kombaynlari) quyidagicha tuzilgan (2-rasm). Old tomonga qiya oʻrnatilgan rotorning bosh qismiga juda mustahkam ikki kurakli vintsimon parrak oʻrnatilgan. Par-rak zanjir-plankali qiya transportyordan gʻallani qabul qilib olib, rotorning ish qismiga yoʻnaltiradi. Rotorning oldingi qismida boshoklar yanchiladi, ketingi qismida esa poxoldagi donlar ajratiladi. Rotorning yanchish qismiga vint yoʻnalishida savagʻichlar oʻrnatilgan, ajratish qismiga esa, oddiy toʻgʻri plankalar biriktirilgan. Baraban ostligidan oʻtgan donlar toʻrt qator oʻrnatilgan shneklarga, bulardan esa shamol-gʻalvirli tozala-gichning ustki, soʻngra ostki jalyuzali gʻalvirlariga, bulardan esa don shnegiga tushadi. Havo oqimi kuchli diametral ventilyator bilan hosil qilinadi. Rotor bilan baraban ostligi orasidagi tirqish katta boʻlganidan, donlar shikastlanmaydi, yanchish jarayoni rotor boʻylab davom etgani uchun boshoklar toʻliq yanchilib, koʻproq don olinadi. Poxol-somonlar pichoq bilan maydalanib dalaga sochiladi yoki qator uyumga tashlanadi.

Adabiyot tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil