Dongfeng eπ 007 – Xitoyning avtomobil ishlab chiqaruvchisi Dongfeng kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariluvchi sedan sinfiga mansub elektromobil. Avtomobil batareyasi toʻliq quvvatda 1200 km masofani bosib oʻtishi mumkin[1].

Dongfeng eπ 007

Guangjou 2023 avtosalonidagi Dongfeng eπ 007
Asosiy maʼlumotlar
Ishlab chiqaruvchi Dongfeng
Model yili 2023
Tasnifi
Sinfi Sedan
Segment C
Oʻlchamlari
Gʻildirak bazasi 2,915 mm (114.8 in)
Uzunligi 4,880 mm (192.1 in)
Kengligi 1,895 mm (74.6 in)
Balandligi 1,460 mm (57.5 in)
Eksteryer
Kuzov turi Sedan
Oʻrindiqlar soni 5
Eshiklar soni 4
Boshqa maʼlumotlar
Aloqador avtomobillar BYD Han
Changan Qiyuan A07

Tarixi

tahrir
 
Dongfeng eπ 007

2023-yil 10-noyabr kuni Dongfeng oʻzining eπ sub-brendini rasman taqdim etdi. Ushbu sub-brend Dongfengga 2024-yilga borib ishlab chiqariladigan avtomobillarini 100% elektrlashtirishga erishishga yordam berishi maqsad qilingan. Ushbu taqdimotda eπ sub-brendining ilk modeli – eπ 007 namoyish etildi. 007 sof elektr va yurish masofasi katta boʻlgan versiyalarda sotuvga chiqariladi[1].

eπ sub-brendi

tahrir
 
Guangjou 2023 avtosalonidagi Dongfeng eπ 007 elektromobilining prototip versiyasi.

Brenddagi harflar "e" elektr (inglizcha: electric), energiya (inglizcha: energy), kashfiyot (inglizcha: explore) va hissiyotni (inglizcha: emotion) anglatadi. "π" belgisi esa nomaʼlum narsalarni oʻrganuvchi odamlarning ilmiy ruhini aks ettiradi[1].

Texnik koʻrsatkichlari

tahrir
 
Dongfeng eπ 007

eπ 007 Dongfeng kvant arxitekturasi asosida qurilgan. Avtomobil uzunligi 4880 mm, kengligi 1895 mm, boʻyi 1460 mm va g'ildirak bazasi 2915 mm ni tashkil qiladi. Yangi avtomobil eshiklari romsiz qilib ishlangan, qarshilik koeffitsienti 0,209 Cd ga teng[1].

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 „Dongfeng eπ 007 electric sedan with 1,200 km range debuts in China“ (en). carnewschina.com (2023-yil 10-noyabr). Qaraldi: 2024-yil 19-noyabr.