Dostonbek Gʻayratovich (Doni) Islomov (1985-yil 18-dekabr, Toshkent shahri, OʻzSSR, SSSR)[1], MC Doni va DONI nomi bilan tanilgan, rus va oʻzbek reperi hamda Black Star leyblining sobiq artisti.

Doni (reper)
Umumiy maʼlumot
Tavalludi 18-dekabr 1985-yil
Fuqaroligi Rossiya bayrogʻi Rossiya Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi reper
Leybl

Black Star Inc (2014–2020) Zhara Music (2020)

Soyuz Myuzik (2020–2021)
Faoliyat yillari 2014

Biografiyasi tahrir

1985-yil 18-dekabrda Toshkent shahrida tavallud topgan[1].

Doni bolalik va oʻsmirlik chogʻlarida Fargʻona shahrida yashagan va boks bilan shugʻullangan[1].

Donining soʻzlariga koʻra, doktor Dre va Eminem[1] tomonidan ijro etilgan „Forgot About Dre“ qoʻshigʻini tinglagandan soʻng, reperlikka qiziqish uygʻongan. Keyin boshqa reperlarning ijodi bilan tanishgan. Xususan, 50 Centning 2003-yilda chop etilgan Get Rich or Die Tryin'[1] albomi Donida katta taassurot qoldirdi.

Donida hayotini musiqa bilan bogʻlash istagi uyg'ondi va diskotekalarda DJ sifatida ishlay boshladi. Boshqa DJlarning ishlarini kuzatdi va tajriba orttirdi[2].

Donining Moskvada „Garaj“ klubidagi chiqishi Black Star Inc leybli vakillarining eʼtiborini tortdi. Unga Reper Timatining jamoasiga yordamchi MC sifatida qoʻshilishni taklif qilishdi[1][3] va Doni rozilik bildirdi[1].

Keyin leybl Doniga oʻzini yakkaxon ijroda sinab koʻrishini taklif qildi. Donining „Boroda“ deb nomlangan treki iyun oyida chiqarilgan va internetda shov-shuvlarga sabab boʻlgan[4][3][1].

Oʻsha yili Doni Timatining ssenariysi boʻyicha „Kapsula“[3][1] qisqa metrajli filmida kichik rol oʻynagan.

2015-yil tahrir

Doni 2015-yilda pop qoʻshiqchisi Natali bilan „Ti takoy“ qoʻshigʻini yozdi. Qoʻshiq turli xit-paradlarda juda yuqori oʻrinlarni egalladi[3][5], va uning videosi YouTubeʼda 100 million marta koʻrildi[3].

2020-yil tahrir

Doni 2020-yil boshida Black Star Inc. leybini tark etdi.

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 1,6 1,7 1,8 „Дони Исламов: фото, биография, фильмография, новости“. Вокруг ТВ. 2020-yil 9-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 28-noyabr.
  2. „Дони Исламов: фото, биография, фильмография, новости“. Вокруг ТВ. 2020-yil 9-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 28-noyabr.
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 „Афиша: клуб,ресторан Soho Rooms (Москва) – «Mc Doni (Black Star)» (афиша) - vklybe.tv“. 2017-yil 1-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 20-dekabr.
  4. Тимати. „У меня есть борода, она скажет мне ДА!“. ВКонтакте (201406010). 2020-yil 21-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-12020.
  5. „Doni feat. Натали - Ты такой“. TopHit. 2021-yil 20-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 21-dekabr.