Andre Romelle Young (talaffuzi: Andre Romell Yang; 18-fevral 1965-yilda tugʻilgan[1]) Dr. Dre (Doktor Dre) taxallusi ostida tanilgan amerikalik rapper, produser va tadbirkordir. U Aftermath Entertainment va Beats Electronics shirkatlari asoschisi va bosh ijrochi direktoridir. Shuningdek, Death Row Records studiyasi prezidenti hamdir. Dr. Dre musiqadagi karyerasini 1985-yilda World Class Wreckin' Cru guruhi aʼzosi oʻlaroq boshladi. Keyinchalik, Gangsta rap janrida ijod qiluvchi N.W.A musiqiy guruhiga qoʻshilganidan soʻng, shuhrat qozondi. Guruh qoʻshiqlarida koʻcha hayoti zoʻravonliklarini batafsil bayon etish uchun ochiq oydin koʻcha soʻzlaridan foydalangan. 1990-yillar boshlarida, Dre During the early 1990s, Dre hip hopning ostjanri hisoblanmish West Coast G-funk janrlarini ommalashtirishda asos boʻlib xizmat qildi.

Dr. Dre

Dr. Dre 2011-yilda
Umumiy maʼlumot
Tugʻilgan paytidagi ismi Andre Romelle Young
Tavalludi 18-fevral 1965-yil (1965-02-18) (57 yosh)
Fuqaroligi AQSH bayrogʻi AQSh
Leybl
  • Interscop
  • Aftermath
  • Death Row
  • Priority
  • Ruthless
  • Kru-Cut
Turmush oʻrtogʻi
Nicole Plotzker
(turm. 1996; ajr. 2021)
Faoliyat yillari 1985 – hozirgacha
Bolalari 8
Janr
Sayt drdre.com

Drening ilk yakkaxon studiyaviy albomi — The Chronic (1992) Death Row Records studiyasi bilan chiqarildi. Albom tijorat jihatdan muvaffaqiyat qozonib, Dreni 1993-yilda albomi eng koʻp otilgan amerikalik artistga aylantirdi. Albomdagi „Let Me Ride“ singli „Eng yaxshi rap yakkaxon ijro“ nominatsiyasida Grammyga, shuningdek, „Nuthin' but a 'G' Thang“ singli koʻplab yutuqlarga sazovor boʻldi. Shu yili u Snoop Doggning ilk studiyaviy albomi boʻlmish Doggystylega produserlik qildi. Shuningdek, oʻgay ukasi Warren G va Snoop Doggning jiyani Daz Dillinger kabi produserlarga hamda Sam Sneed va Mel-Man kabi boʻlajak produserlarga ustozlik qildi. 1996-yilda Dr. Dre oʻzining leybli — Aftermath Entertainmentga asos solish uchun Death Row Recordsni tark etdi. U 1996-yilda Dr. Dre Presents the Aftermath nomli kompilatsiya albomini, 1999-yilda esa 2001 nomli yakkaxon albomini ommaga havola etdi.

Dr. Dre 2008-yilda.

DiskografiyasiTahrirlash

Studiyaviy albomlariTahrirlash

Soundtrack albomlariTahrirlash

Hamkorlik albomlariTahrirlash

World Class Wreckinʼ Cru

N.W.A.

FilmografiyasiTahrirlash

Filmlar
Yil Nom Rol Izohlar
1992 Niggaz4Life: The Only Home Video Oʻzi hujjatli film
1996 Set It Off Black Sam epizod rol
1999 Whiteboyz Don Flip Crew #1 epizod rol
2000 Up in Smoke Tour Oʻzi konsert film
2001 Training Day Paul epizod rol
2001 The Wash Sean bosh rol
2015 Unity[2] sharhlovchi hujjatli film
2017 The Defiant Ones[3] Oʻzi hujjatli film
Video oʻyinlar
Yil Nom Rol Izohlar
2005 50 Cent: Bulletproof Grizz Ovoz bergan
2020 Grand Theft Auto Online: The Cayo Perico Heist[4] Oʻzi Ovoz began; kameo
2021 Grand Theft Auto Online: The Contract[5] Ovoz bergan

ManbalarTahrirlash

  1. Naoreen, Nuzhat. „Monitor: Feb. 22 2013“, Entertainment Weekly (15-fevral 2013-yil). Qaraldi: 13-yanvar 2020-yil.
  2. film-unity-set-for-aug-12-release-with-100-star-narrators-1201477200/ „hujjatli film 'Unity' Set for Aug. 12 Release with 100 Star Narrators“. Variety, 22-aprel 2015-yil.. 
  3. The Defiant Ones IMDbda
  4. December 2020, Alyssa Mercante 15 „Dr. Dre makes a surprise appearance in GTA Online Cayo Perico Heist“ (en). gamesradar (15-dekabr 2020-yil). Qaraldi: 15-dekabr 2020-yil.
  5. Skrebels, Joe „GTA Online Is Getting a Franklin Story Expansion, Set Years After GTA 5“. IGN. Ziff Davis (8-dekabr 2021-yil). Qaraldi: 9-dekabr 2021-yil.

HavolalarTahrirlash