Donishmand hojib
Donishmand hojib (13-asr) -chingizxon va uning vorislari davridagi nufuzli shaxslardan biri. Chingizxonning koʻpgina maxsus topshiriqlarini bajargan. Movarounnahrni moʻgʻullar tomonidan istilo qilinishida muhim rol oʻynagan (mas, Zarnuqni egallashda, Chingizxon nomidan Muhammad Xorazmshohning onasi Turkon xotunning koʻngliga gʻulgʻula soluvchi, uni xiyonat yoʻliga chorlovchi maktubni eltishda va b.). Xorazmshohlar davlati qulagach, saroydagi ayollar moʻgʻul amaldorlariga boʻlib berilgan. D.h. Qutbiddin Oʻzloqshohning singlisiga uylangan.
Adabiyot
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |