Doniyor qoʻgʻirchoqboz
Doniyor qoʻgʻirchoqboz (asli Shahsuvorov Doniyor, 1876—1962, Buxoro) — xalq qoʻgʻirchoq teatri ustasi. Tomoshani oʻzbek va tojik tillarida koʻrsatgan. Bobosi Abdulla, otasi Shahsuvor sanʼatkor boʻlganlar. D.q. surnay chalishni otasidan va Ashir qora mehtardan oʻrgangan. Qoʻgʻirchoqoʻynatishni esa mashhur qoʻgʻirchoqboz Zarif miskarga shogird tushib oʻzlashtirgan (ham "chodir jamol", ham "chodir xayol" teatrini oʻrgangan). Zarif miskar boshchiligida Buxoroning Labi hovuzida, amirning shahardan tashqaridagi bogʻida ham tomoshalar koʻrsatgan. D.q. 1910-yilda oʻz toʻpini tuzgan va Koʻrhoji, Kenja Jumayev kabi qoʻgʻirchoqbozlar bilan ishlagan. Asosan "chodir jamol" qoʻgʻirchoq teatrini rivojlantirgan. "Oftobxon va Moxtobxon" nomli yangi komediya yaratgan.
Adabiyot
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |