Donor
Donor (lotincha dono — hadya qilaman, bagʻishlayman) — bemor (retsipiyent) ga kuyish uchun qonini, koʻchirib oʻtkazish uchun koʻmik, teri yoki biror aʼzosini beruvchi kishi. Qon berish boʻyicha D.lik koʻproq tarqalgan. D.lik — ixtiyoriy hisoblanadi. Hoz. boshqa mamlakatlardagi kabi Oʻzbekistonda ham asosan qon oʻrniga uning komponentlari — eritrotsitlar, leykotsitlar, trombotsitlar konsentratlari, plazma va preparatlari ishlatiladi. Shuning uchun D.likka qoni bemorga irsiyat boʻyicha mos keladigan, qavmqarin-doshlarda qon preparatlariga boʻlgan ehtiyojni qoplash uchun esa ixtiyoriy (badalsiz) kon beruvchi barcha sogʻlom kishilar jalb etiladi.
Adabiyot
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |