Donovan Carrillo
Donovan Carrillo Suazo (Talaffuzi: Donovan Karrillo Suazo;[1] 1999-yil 17-noyabr, Saponan) yakka holda konkida uchish musobaqalarida qatnashuvchi meksikalik figurali uchuvchi. Uch karra Meksika chempioni (2018—2020), 2017—2018-yilgi mavsumda ISU ning uchta chempionatning yakuniy bosqichiga chiqdi: toʻrtta qitʼa, oʻsmirlar va kattalar oʻrtasidagi jahon chempionatlari. Donovan Pekinda boʻlib oʻtgan 2022-yilgi Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi.
Donovan Carrillo | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Toʻliq ismi | Donovan Carrillo |
Davlat | Meksika |
Boʻyi | 168 |
Murabbiyi | Gregorio Nunez |
Shaxsiy rekordlari | |
Umumiy natija | 218,13 |
Qisqa dastur | 79,69 |
Erkin dastur | 138,44 |
Tarjimayi holi
tahrirCarrillo 1999-yil 17-noyabrda Halisko shtatining Sapopan shahrida tugʻilgan[2]. Figurali uchishni boshlashdan oldin, gimnastika va suzish bilan shugʻullangan[3]. Donovanning Dafna ismli singlisi bor[4].
Faoliyati
tahrirYokogamada bolib oʻtgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichida Donovan 13-oʻrinni egalladi[5]. Oktyabr oyida u Germaniyaning Drezden shahrida boʻlib oʻtgan raundda toʻqqizinchi oʻrinni egalladi.
2017-yil mart oyida boʻlib oʻtgan oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida Donovan qisqa dasturdagi namoyishida 27-oʻrinni, erkin dasturda esa atigi 24-oʻrinni egallab finalga chiqmasdan musobaqani yakunladi.
Donovan Carillo 2017—2019-yilgi mavsumda birinchi marta kattalar oʻrtasidagi musobaqalarda debyut qildi. 2017-yil sentyabr oyida Donovan Filadelfiya yozgi xalqaro musobaqasida qatnashib, toʻqqizinchi oʻrinni egalladi[6]. U bir oydan keyin oʻsmirlar darajasidagi musobaqalarga qaytdi va Brisbendaoʻtkazilgan bosqichda yettinchi oʻrinni egallagan holda oʻzining eng yaxshi natijalarini yaxshiladi. Shundan soʻng Olimpiya oʻyinlari saralash turnirida ishtirok etdi. Nebelhorn Trophy 2017 turnirida atigi 14-oʻrinni egalladi va oʻz mamlakati uchun Olimpiada yoʻllanmasini qoʻlga kirita olmadi[7].
Yanvar oyida Donovan Taypeyda boʻlib oʻtgan Toʻrt qitʼa chempionatida erkin dasturda konkida uchish huquqini qoʻlga kiritdi va qisqa dasturdagi namoyishi uchun 22-oʻrinni, erkin dasturdagi namoyishi uchun esa 17-oʻrinni egalladi va umumiy hisobga koʻra 18-oʻrinni oldi. U oradan bir yarim oy oʻtib, oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida 21-oʻrinni egallab, muvaffaqiyatini takrorlashga muvaffaq boʻldi.
Uning eng yaxshi muvaffaqiyati Milanda boʻlib oʻtgan „kattalar“ oʻrtasidagi jahon chempionati boʻlib, u yerda erkin dastur namoyishidan soʻng 24-oʻringa chiqdi va u yerda oʻzining shaxsiy rekordini 7 ochkodan koʻproqqa yangiladi.
Figurali uchuvchi Leonda murabbiy Gregorio Nunes[8][9] bilan mashq qiladi.
Natijalari
tahrirTurnir | 13/14 | 14/15 | 15/16 | 16/17 | 17/18 | 18/19 | 19/20 | 20/21 | 21/22 |
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Xalqaro[10] | |||||||||
Olimpiya oʻyinlari | 22 | ||||||||
Jahon chempionati | 22 | 33 | 20 | ||||||
Toʻrt qitʼa chempionati | 18 | 17 | 15 | WD | |||||
CS Finlandia Trophy | 15 | ||||||||
CS Nebelhorn kubogi | 14 | ||||||||
Autumn Classic | WD | 10 | WD | ||||||
Zagrebning Oltin konkisi | 17 | WD | |||||||
AQSh klassikasi | 5 | ||||||||
Challenj kubogi | 10 | 9 | |||||||
Filadelfiya | 9 | 2 | |||||||
Xalqaro oʻsmirlar | |||||||||
Oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionati | 27 | 21 | |||||||
JGP Avstraliya | 7 | ||||||||
JGP Chexiya | 21 | ||||||||
JGP Germaniya | 22 | 9 | |||||||
JGP Yaponiya | 13 | ||||||||
JGP Meksika | 15 | ||||||||
Santa Claus kubogi | 8 J | ||||||||
Milliy | |||||||||
Meksika chempionati | 1J | 1 | 1 | 1 | |||||
WD = tanlovni tark etgan; J = oʻsmirlar oʻrtasida; CS = Challenger seriyasi;JGP = Junior Gran Prix.- Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri |
Manbalar
tahrir- ↑ Peña, Patricia „El hielo a sus pies“ (ispancha). NTR Guadalajara (3-yanvar 2018-yil). 2018-yil 27-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Donovan CARRILLO: 2017/2018“ (inglizcha). International Skating Union. 2018-yil 27-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ Jiménez, Mariana „Joven promesa mexicana patina por su sueño olímpico“ (ispancha). record.com.mx (30-dekabr 2017-yil). 2018-yil 27-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ Mancero, Diego „Donovan Carrillo: "He aprendido a ignorar las críticas por ser patinador"“ (ispancha). El País (4-oktabr 2016-yil). 2016-yil 14-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Patinador a ritmo de Juan Gabriel supera millón de vistas“ (ispancha). espn.com.mx (14-sentabr 2016-yil). 2018-yil 27-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „2017 Philadelphia Summer International Competition“ (inglizcha). iceworkssc.org (8-iyun 2017-yil). 2018-yil 24-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-mart 2018-yil.
- ↑ „Patinador mexicano Donovan Carrillo termina en sitio 14 en Alemania“ (ispancha). Notimex. Uniradio Informa (29-sentabr 2017-yil). 2018-yil 27-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ Martínez, Guillermo „Donovan Carrillo, la promesa del patinaje artístico“ (ispancha). esto.com.mx (27-dekabr 2017-yil). 2018-yil 27-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ Pineda, Gustavo. „"México no tiene patinadores artísticos por culpa del machismo": Donovan Carrillo, la joven promesa mexicana del patinaje sobre hielo“ (ispancha). Cultura Colectiva (17-yanvar 2018-yil). 27-yanvar 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Competition Results: Donovan CARRILLO“ (inglizcha). International Skating Union. 2022-yil 1-martda asl nusxadan arxivlangan.