Dolchin
(Dorchindan yoʻnaltirildi)
Dolchin, dorchin (Cinnamomum Cassia Blume) — lavrdoshlar oilasiga mansub daraxt. Jan. Xitoy, Vyetnam, Laos, Shri Lanka, Indoneziya (Yava, Sumatra) va Lotin Amerikasida ekiladi. Doim yashil oʻsimlik. Bargi kalin, guli mayda. Yosh daraxtining poʻstlogʻini quritib, dolchin tayyorlanadi. D. tarkibida 75—90% dolchin aldegidi, 1 — 2% efir moyi, 2—3% oshlovchi moddalar, 1,35% kalsiy oksalat va siamanin borligi aniqlangan. Oziq-ovqat sanoatida ziravor sifatida, farmatsevtikada va atir-upa i.ch.da (dolchin moyi) ishlatiladi.
Dolchin | ||
---|---|---|
Biologik klassifikatsiya | ||
|
Adabiyot
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |