Dorian Gray – Oskar Wildening 1890-yilda yozgan „Dorian Gray portreti“ romani asosida 2009-yilda suratga olingan fantastik qoʻrqinchli film. Rejissyor – Oliver Parker va Toby Finlay[1]. Filmda rollarni Ben Barnes, Colin Firth, Rebecca Hall, Ben Chaplin, Emilia Foxs va Rachel Hurd-Wood ijro etgan. Bu kinoda bosh qahramon goʻzalligini abadiy saqlab qolish uchun oʻz qalbini portretga berganiga guvoh boʻlamiz. Qahramon qancha koʻp yomon ish qilsa, portreti shuncha xunuklashib boradi.

Dorian Gray
Dorian Gray portreti
Rejissyor(lar) Oliver Parker
Prodyuser(lar) Barnaby Thompson
Ssenariynavis(lar) Toby Finlay
Qaysi asarga
asoslangan
Dorian Gray portreti
Oscar Wilde
Rollarda

Ben Barnes

Colin Firth

Rebecca Hall

Ben Chaplin
Bastakor(lar) Charlie Mole
Kinematografiya Roger Pratt
Studiya(lar)
Distribyutor Momentum Pictures
Chiqarilgan sanasi
  • 9-sentyabr, 2009-yil(2009-09-09) (Birlashgan qirollik)
Davomiyligi 112 daqiqa
Mamlakat Buyuk Britaniya bayrogʻi Birlashgan Qirollik
Til inglizcha
Daromadi $22.4 million

Dorian Gray 2009-yil 9-sentyabrda Buyuk Britaniyada Momentum Pictures tomonidan ommaga taqdim etilgan[2][3][4].

Film syujeti

tahrir

Sodda va yosh Dorian Gray Londonga oʻzining zolim bobosidan qolgan merosni olish uchun kelganda, u shaharning xarizmatik lordi Henry „Harry“ Wotton tomonidan ijtimoiy girdobga tortiladi. Wotton Grayni shaharning kayf-safoli hayot tarziga oshno qiladi. Henryning doʻsti, rassom Basil Xallward Grayning goʻzalligini tasvirlash uchun uning portretini chizadi. Gray aqlsizlarcha vaʼda beradi. Unga koʻra, u yosh qolish uchun hamma narsani, hatto qalbidan ham voz kechadi.

Gray yosh aktrisa Sibyl Vaneni sevib qoladi va unga turmush qurishni taklif qiladi. Lekin, Henryning taʼsiri ostida fohishaxonaga tashrif buyurganidan soʻng, Gray Sibylni tashlab ketadi. Yuragi parchalangan ayol esa bu vaziyatdan taʼsirlanib, oʻzini suvga choʻktirgan. Uning akasi James („Jim“) Dorianning bu qaroriga qarshi chiqqan va Sibylning homilador boʻlganini oshkor qilgan. Henry Grayni gʻam-qaygʻudan chalgʻitadi va uning kayfu safoga berilgan turmush tarzini tobora yomonlashtirib, uni Basildan uzoqlashtirib boradi.

Gray oʻzining Basil chizgan portretini xunuklashganini koʻradi hamda beixtiyor bergan vaʼdasi roʻyobga chiqqanini anglaydi – u sogʻ-salomat qolgan holda, uning gunohlari va ziyon-zahmatlarining barchasi portretda aks etayotganini koʻradi. Basil bir necha bor portretni (Gray chordoqda qulflab qoʻygan) koʻrishni talab qilganda, Gray unga portretni koʻrsatadi. Keyin Gray Basilning oʻldirib, nimtalab, Thames daryosiga tashlaydi, ammo jasad daryodan topilib, dafn etiladi.

Gray Henryga dunyo boʻylab sayohat qilishni taklif qiladi, ammo Henry xotinining homiladorligini aytib, rad etadi. 25 yillik tanaffusdan soʻng, Gray oʻzining yoshligidagidek oʻzgarmagan qiyofasi bilan ziyofatga kelib, hamma mehmonlarni hayratga soladi. Henryning qizi Emily Grayga qiziqib qoladi, bu esa otasining noroziligiga sabab boʻladi.

Grayning Sibyl haqidagi xotirasi qayta jonlanib, uni pushaymonlik tuygʻusini his etishga majbur qiladi. U Emilydan uzoqlashishga harakat qiladi, lekin unga qarshi tura olmaydi. Jim Grayni taʼqib qilib, u bilan yuzma-yuz keladi, lekin London metrosida kelayotgan poyezd ostida qolib halok boʻladi. Gray Emily bilan Londonni tark etishga tayyorgarlik koʻrar ekan, Henry eski fotosuratlarni oʻrganadi va Grayning oʻz ruhini abadiy yoshlikka almashtirish haqidagi gʻayrioddiy vaʼdasini yodga oladi.

Henry Dorianning chordoq kalit nusxasini olishga muvaffaq boʻladi. Chordoqda u Basilning qonga boʻyalgan sharfini topadi. Henry u yerda Grayga toʻqnash keladi va Dorian Henryni boʻgʻib oʻldirmoqchi boʻladi, lekin shu payt Emily Grayni chaqirib, chalgʻitadi. Henry uni chetga uloqtirib, portretni ochadi. Portretdagi manzaradan dahshatga tushgan Henry uni yoqib yuboradi va Grayni chodirga qamab qoʻyadi. Emily chodirga yetib boradi, lekin Gray ketishdan bosh tortadi. Dorian qizga boʻlgan sevgisini tan oladi, lekin Henry Emilyni yonayotgan saroydan sudrab olib chiqadi. Oxir-oqibat Dorian Gray oʻz portreti bilan olovda yonib kul boʻladi.

Bir necha oy oʻtgach, Emily bilan yarashish uchun behuda urinishdan soʻng, Henry oʻzining chodiriga yoʻl oladi. Henry u yerda kuygan ramkasiga qaramay, asl holiga qaytgan Gray portretiga qaraydi.

Rollarda

tahrir

Grayning xizmatkori Viktor rolida Pip Torrens ikkinchi darajali rollarni ijro etadi; Jo Woodcock lord va ledy Radleyning qizi Celia rolida; Max Irons Lucius rolida, Gray unga bir ziyofatda chordoq eshigining kalitini ushlab olgani uchun hujum qiladi. David Sterne teatr menejeri sifatida Grayni birinchi marta Sibyl bilan tanishtiradi; va Douglas Henshall Grayning tanishi Alan Campbell rolida, Jim Vane Grayni boʻgʻib oʻldirishga uringanida ishtirok etadi.

Suratga olish jarayonlari

tahrir

Film 2008-yilning yozida Ealing Studios va Londonda joylashgan joylarda suratga olingan va oktyabr oyida suratga olish yakungan[5]. Filmga UK Film Council Premyera jamgʻarmasi tomonidan £500 000 mablagʻ ajratilgan[5].

Manbalar

tahrir
  1. Dorian Gray (2009) AllMovie.
  2. Archie Thomas. „Rebecca Hall joins Dorian Gray. Variety (2008-yil 7-avgust). Qaraldi: 2008-yil 12-sentyabr.
  3. „Line Up :: Official Fantàstic In Competition Selection“.
  4. Dorian Gray IMDbda
  5. 5,0 5,1 „Remake of Oscar Wilde Classic“. screenafrica.com (2008-yil 9-sentyabr). 2008-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 14-sentyabr.