Dorisoy — Navoiy viloyati Navoiy tumanidagi soy. Ziyovuddin togʻlarining gʻarbiy yon bagʻridan oqib tushadigan 14 ta irmoqning qoʻshilishidan hosil boʻladi. Zarafshon daryosiga yetib bormasdan Karmana sh.dan 3 km gʻarbda tugaydi. Uzunligi 18 km. Mavsumiy qor va yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Bahorda, ayniqsa kuchli jala quyganda suvi koʻpayadi.

Adabiyot

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil