Doroyi (axomaniylar davlati shohi Doro I nomidan) — 1) ipakdan yupqa, nozik qilib toʻqilgan yoʻl-yoʻl mato; 2) roʻmol turi. Oq ipaqdan nafis, bejirim qilib sharfga oʻxshatib toʻqiladi, uz. 2—2,5 gazcha keladi. Oʻrish ipi xom (ishqorlanmagan) ipakdan, arqoq ipi pishiq (ishqorlangan) ipakdan toʻqilganligi bilan sharfdan farq qiladi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil