Dorul Ehson masjidi
Dorul Ehson masjidi (malaycha: Masjid Darul Ehsan) – Malayziyadagi 13 ta davlatdan biri hisoblanuvchi Selangor davlati Subang Jaya[1] shahrida joylashgan birinchi masjid. Bino Subang Parade savdo majmuasiga tutashib ketgan SS 15 hududida joylashgan. Masjid 1983-yildan 1985-yilgacha oʻsha paytda yangi qurilgan Subang Jaya shaharchasi aholisiga xizmat koʻrsatish uchun bunyod etilgan. Dorul Ehson masjidi 1985-yilning 13-sentyabrida selangorlik Almarhum Sulton Salohiddin Abdulazizshoh tomonidan oʻz hukmronligining 25-kumush yubileyi munosabati bilan rasman ochib berilgan.
Masjid | |
Dorul Ehson masjidi | |
Mamlakat | Malayziya |
Koordinatalar | 3°04′49″N 101°35′14″E / 3.0803°N 101.5872°E |
Yoʻnalishi | sunniy |
Masjid turi | Masjid |
Binokorlik | 1983—1985 |
Minoralar soni | 4 |
Minoralar soni | 4 |
Dorul Ehson masjidi Vikiomborda |
Manbalar
tahrir- ↑ [https://www.flickr.com/photos/adaduitokla/47941529978 „Ahmad Fuad Bin MoradFollow Masjid Darul Ehsan SS15 Subang Jaya“].