Dorul Islom jome masjidi
Dorul Islom jome masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Toshkent viloyati, Qibray tumanida joylashgan boʻlib, tumanning masjid va madrasalar tarkibiga kiradi[1].
Masjid | |
Dorul Islom jome masjidi
Dorul Islom | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Toshkent |
Tuman | Qibray |
Manzil | Tuzel qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli boʻlgan Mirishkor mahalla fuqarolar yigʻini Ilgʻor koʻchasi |
Yoʻnalishi | sunniy |
Mulkdor | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Musulmonlar idorasi |
Masjid turi | Jomeʼ-Masjid |
Meʼmoriy uslub | Islom meʼmorchiligi |
Soʻngi imom | Joxongir domla Mirzaliyev |
Qurilish materiali | gʻisht, beton, marmar |
Holati | amaldagi |
Tarovih | |
Saharlik va iftorlik | |
Kutubxona |
Joylashuvi va faoliyati
tahrirDorul Islom jome masjidi Toshkent viloyati hududidagi Qibray tumani, Tuzel qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli boʻlgan Mirishkor mahalla fuqarolar yigʻini Ilgʻor koʻchasida joylashgan[2]. Mazkur masjidga Tuzel qishloq fuqarolar yigʻini, Mirishkor mahalla fuqarolar yigʻini, Usmon Nosir mahalla fuqarolar yigʻini, Ilgʻor koʻchasi, Goʻzal-1 mahalla fuqarolar yigʻini, Goʻzal-2 mahalla fuqarolar yigʻini, Katta olmos mahalla fuqarolar yigʻini, Olmosliq mahalla fuqarolar yigʻini, Muruvvat mahalla fuqarolar yigʻini, Obidova mahalla fuqarolar yigʻini, Fitrat mahalla fuqarolar yigʻini, Soxibkorlar mahalla fuqarolar yigʻini, Chirchiq boʻyi mahalla fuqarolar yigʻini, Imom Buxoriy mahalla fuqarolar yigʻini, Sohil boʻyi mahalla fuqarolar yigʻini, Soʻkin mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchilar tashrif buyurishadi. Ushbu jome masjidning bosh imom-xatibi Joxongir domla Mirzaliyev hisoblanadi.
Tarixi
tahrirDorul Islom jome masjidi qachon va kim tomonidan asos solinganligi haqida deyarli maʼlumotlar yetarli emas. Mustaqillik yillarining dastlabki paytlarida mahalliy aholining faollari, nuroniylar, homiylar tashabbusi bilan jome masjid binosi qayta remont qilindi va namozxonlarga havola qilindi. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan roʻyxatdan 1998-yil 29-sentabr kuni oʻtkazlib, uning ustavi Toshkent viloyat adliya boshqarmasida roʻyxatga olingan[3].
Manbalar
tahrir- ↑ „Дорул Ислом жоме масжиди“. masjid.uz. Qaraldi: 30-noyabr 2023-yil.
- ↑ „"DORUL ISLOM" jome' masjid“. uzorg.info. Qaraldi: 30-noyabr 2023-yil.
- ↑ „"DORUL ISLOM" jome' masjidi“. legat.by. Qaraldi: 30-noyabr 2023-yil.