Dorul Ulum Newcastle — Janubiy Afrikaning KvaZulu-Natal, Newcastle shahrida joylashgan Oliy Islom taʼlim kolleji (Deobandiy madrasasi). Bu Janubiy Afrikadagi birinchi rasmiy oliy islomshunoslik instituti, shuningdek, Janubiy Afrikadagi birinchi Deobandiy madrasasi edi[1]. Unga 1973-yilda Cassim Sema tomonidan asos solingan. U Janubiy Afrikadagi barcha Darul Ulumlarning asoschisi deb ham ataladi. Hindiston yarimorolidagi bunday muassasalarda faqat hanafiy fiqhi oʻqitiladigan boʻlsa-da, u hanafiy va shofeʼiy fiqhi taʼlimini ham taklif etadi.

Dorul Ulum Newcastle
Asos solingan 13-may, 1973-yil (50 yil avval) (1973-05-13)
Oʻquv yurti turi Deobandiy madrasasi
Kampusi shaharda
Manzili Newcastle, Janubiy Afrika Respublikasi
Vebsayti darululoomnewcastle.co.za

Tarixi tahrir

1973-yil 13-mayda Darul Ulum Newcastle rasmiy ravishda atigi 9 nafar talaba bilan ish boshlagan. Rasmiy darslar 9-sentyabrdan boshlangan. Madrasa joylashgan joy bir vaqtlar Rim-katolik monastiri hududiboʻlgan edi. U 15 yildan ortiq vaqt davomida boʻsh qolgan. Hudud vakolatli organlar bilan amalga oshirilgan 3 yillik muzokaralardan soʻng sotib olingan. Dastlabki uch yil davomida Cassim Sema bir oʻzi talabalarning darslarini oʻtgan va xotini ularga ovqat pishirib bergan. Taʼlim ingliz tilida boʻlganligi sababli, koʻplab chet ellik talabalar ham bu yerga oʻqish uchun kela boshlashgan[1].

Muassasa „Tabligʻi jamoat“ tashkil topganidan beri u bilan chambarchas bogʻlangan. Bu Janubiy Afrikadagi birinchi Deobandiy madrasasi boʻlib, shofeʼiy fiqhini oʻz oʻquv dasturiga kiritgan, chunki u boshidan hanafiy boʻlmagan talabalarni qabul qilgan. Hozirda madrasaning direktori Ismoil Ebrohim Akoo va vasiylar raisi Ayob Mohamed Kachvi hisoblanadi[2].

Yana qarang tahrir

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 „About Darul Uloom – Jaami'ah Darul Uloom Newcastle“ (en-US). 2022-yil 31-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 31-oktyabr.
  2. „About Darul Uloom – Jaami'ah Darul Uloom Newcastle“ (en-US). 2022-yil 31-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 31-oktyabr.

Adabiyotlar tahrir