Doston Ubaydullayev
Doston Rustamovich Ubaydullaev (Ubaydullayev) (1982-yil 30-mart, Toshkent, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbek aktyori, qoʻshiqchisi va teleboshlovchi. Nihol mukofoti sovrindori.
Doston Ubaydullaev | |
---|---|
Doston Ubaydullaev Rustamovich | |
![]() | |
Asl ismi | Doston Ubaydullaev Rustamovich |
Tavalludi |
30-mart 1982-yil |
Fuqaroligi |
![]() ![]() |
Soʻnggi yillarda Doston Ubaydullaev xayriya-insonparvarlik ishlariga ishtirok etib kelmoqda. U Yurak amri insonparvarlik loyihasining asoschilaridan biri hisoblanadi.
HayotiTahrirlash
Doston Ubaydullaev 1982-yil 30-martda Toshkent shahrida sanʼatkorlar va ziyolilar oilasida tugʻilgan[1]. Oilaning kenja farzandi. Uning otasi Rustam Ubaydullayev (1952—2019) taniqli oʻzbek sanʼatkori va doira sanʼati ustasi edi[2][3].
Sanʼat sohasidagi faoliyatiTahrirlash
Doston Ubaydullaev sanʼat sohasidagi faoliyatini 1988-yilda „Tomosha folklor ansanbli“ da solist sifatida rollar va qoʻshiqlarni ijro etishdan boshlagan.
„Tangalik bolalar“ (1990)[4], „Opa singillar“ (1991), „Payshanbadan payshanbagacha“ (1991)[5], „Seni oʻzim boy qilaman“ (2016) filmlarida rol ijro etgan[6][7].
Xonanda koʻpgina davlat tadbirlariga qatnashib, konsertlar bergan[8]. Nihol mukofoti sovrindori boʻlgan. Faoliyati davomida turli sabablarga koʻra Oʻzbeknavo va Oʻzbekkonsertdan ogohlantirishlar olgan[9][10][11][12]. Bir qoʻshigʻiga olingan klipini televideniyeda koʻrsatilishiga Oʻzbekkonsert ruxsat bermagan[13].
Xayriya-insonparvarlik tadbirlaridagi ishtirokiTahrirlash
Doston Ubaydullaev soʻnggi yillarda xayriya-insonparvarlik ishlariga ishtirok etmoqda. U Yurak amri insonparvarlik loyihasining asoschilaridan biri hisoblanadi[14].
FilmografiyasiTahrirlash
№ | Nomi |
---|---|
1 | Kuylayman |
2 | Ikkalamiz |
3 | Biz tomonga |
Yil | Film |
---|---|
1990 | Tangalik Bolalar |
1991 | Opa singillar |
Yil | Joyi |
---|---|
1994 | Turkiston saroyi |
2014 | Xalqlar doʻstligi saroyi |
ManbalarTahrirlash
- ↑ „Nihol mukofoti sovrindori Doston Ubaydullayev tavallud topgan kun“. Taqvim.uz. Qaraldi: 4-dekabr 2021-yil.
- ↑ „Таниқли санъаткор Рустам Убайдуллаев оламдан ўтди“. Kun.uz (10-yanvar 2019-yil). Qaraldi: 4-dekabr 2021-yil.
- ↑ „Doston Ubaydullayevning otasi Rustam Ubaydullayev olamdan oʻtdi“. Daryo.uz (10-yanvar 2019-yil). Qaraldi: 4-dekabr 2021-yil.
- ↑ „Doston Ubaydullayev: „Tangalik bolalar“ — oilamiz uchun tragediya!“. Daryo.uz (20-dekabr 2015-yil). Qaraldi: 4-dekabr 2021-yil.
- ↑ „Дастан Убайдуллаев“. Kino-teatr.ru. Qaraldi: 4-dekabr 2021-yil.
- ↑ „Ҳомийлардан нажот бўлмагач, Санжар Шодиев бу вазифани ўз зиммасига олди“. Kun.uz (20-aprel 2016-yil). Qaraldi: 4-dekabr 2021-yil.
- ↑ „Rejissor Sanjar Shodiyev: Kimda kim boy boʻlmoqchi boʻlsa, „Seni oʻzim boy qilaman“ ning tomoshasiga kelsin“. Daryo.uz (6-dekabr 2018-yil). Qaraldi: 4-dekabr 2021-yil.
- ↑ „Сурхондарё вилоятида Мустақиллигимизнинг 25 йиллигига бағишланган байрам тадбирлари бўлиб ўтмоқда“. Kun.uz (25-avgust 2016-yil). Qaraldi: 4-dekabr 2021-yil.
- ↑ „«Ўзбекнаво» Тамила, Анвар Собиров ва Ягонанинг лицензиясини тўхтатди“. Kun.uz (2-iyul 2015-yil). Qaraldi: 4-dekabr 2021-yil.
- ↑ „«Ўзбекконцерт» йигирмадан ортиқ санъаткорни ноқонуний фаолияти учун огоҳлантирди“. Kun.uz (23-iyul 2018-yil). Qaraldi: 4-dekabr 2021-yil.
- ↑ „„Oʻzbeknavo“ Anvar Sabirov, Tamila va Yagonaning litsenziyasini toʻxtatdi“. Daryo.uz (2-iyul 2015-yil). Qaraldi: 4-dekabr 2021-yil.
- ↑ „„Oʻzbekkonsert“ 23 nafar san’atkorni ogohlantirdi. Ular orasida Rayhon, Tohir Sodiqov, Jahongir Otajonov va Shukrullo Isroilov ham bor“. Daryo.uz (24-iyul 2018-yil). Qaraldi: 4-dekabr 2021-yil.
- ↑ „„Oʻzbekkonsert“ Jahongir Otajonov, Doston Ubaydullayev va Jahongir Poziljonovlarning klipini TV da koʻrsatilishiga ruxsat bermadi“. Daryo.uz (6-dekabr 2018-yil). Qaraldi: 4-dekabr 2021-yil.
- ↑ „“Юрак амри” лойиҳаси яна 60 нафар етим болага совғалар улашди“. Kun.uz (14-oktabr 2021-yil). Qaraldi: 4-dekabr 2021-yil.