Dostonbek Otabolayev

o'zbek karatechisi

Dostonbek Otabolayev (1993-yil 5-noyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Fargʻona viloyatida tugʻilgan)[1] — oʻzbekistonlik karatechi.

Dostonbek Otabolayev
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi erkak
Fuqaroligi Oʻzbekiston
Tavallud sanasi 1993-yil 5-noyabr
Oʻzbekiston Respublikasi, Fargʻona viloyati
Vazni 75 kg
Sport
Qaysi sport karate

Biografiyasi

tahrir

2021-yilda Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida karate bo‘yicha o‘tkazilgan jahon chempionatida erkaklar o‘rtasida 75 kg vazn toifasida oltin medalni qo‘lga kiritgan[2][3]. Karate bo‘yicha O‘zbekiston va Markaziy Osiyodagi birinchi jahon chempioni[4]. Xalqaro toifadagi sport ustasi va toʻrtinchidan qora belbogʻ sohibi. Dostonbek karate boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi sardori[2]. 2022-yilgi Jahon oʻyinlarida Oʻzbekiston karatesi tarixida ilk bor bronza medalini qoʻlga kiritgan.

2016-yilda Portugaliyaning Braga shahrida talabalar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan karate boʻyicha jahon chempionatida 75 kg vazn toifasida bronza medalini qo‘lga kiritgan[5]. Shuningdek, erkaklar o‘rtasida 75 kg vazn toifasida Ozarbayjon poytaxti Baku shahrida boʻlib oʻtgan 2017-yilgi Islom birdamlik oʻyinlarida bronza medaliga ega chiqqan.

2018-yilda Indoneziyaning Jakarta shahrida bo‘lib o‘tgan Osiyo o‘yinlarida erkaklar o‘rtasida 75 kg vazn toifasidagi musobaqalarda ishtirok etadi va ilk uchrashuvda bronza medali sohibi iordaniyalik Bashar Al-Najjarga imkoniyatni boy beradi[1]. 2019-yilda O‘zbekiston poytaxti Toshkent shahrida karate bo‘yicha o‘tkazilgan Osiyo chempionatida jamoaviy bahslarda bronza medalini qo‘lga kiritgan[6].

2021-yil iyun oyida Dostonbek Otabolayev 2020-yilda Yaponiyaning Tokio shahrida bo‘lib o‘tadigan Yozgi Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritish maqsadida Fransiyaning Parij shahrida bo‘lib o‘tgan Jahon Olimpiya saralash turnirida ishtirok etadi[7], biroq musobaqada Olimpiada yoʻllanmasini qoʻlga kirita olmaydi[4].

Dostonbek, shuningdek, Karate 1 Premer ligasining bir qancha musobaqalarida ham ishtirok etgan va bir qator medallarni qoʻlga kiritgan[8].

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 „Karate Results“. 2018 Asian Games. 2020-yil 19-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 19-aprel.
  2. Morgan, Liam. „Kiyuna makes history as Olympic gold medallists retain titles at Karate World Championships“. InsideTheGames.biz (2021-yil 20-noyabr). Qaraldi: 2021-yil 20-noyabr.
  3. „2021 World Karate Championships Results Book“. World Karate Federation. 2021-yil 21-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 21-noyabr.
  4. 4,0 4,1 Blaine Henry. „Dastonbek Otabolaev: The First Uzbek Karate World Champion“. Fight-Library.com (2021-yil 6-dekabr).
  5. „2016 World University Karate Championships Results Book“. Fédération Internationale du Sport Universitaire. 2020-yil 15-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 16-noyabr.
  6. „2019 Asian Karate Championships Results“. World Karate Federation. 2020-yil 23-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 23-aprel.
  7. „2021 Karate World Olympic Qualification Tournament Results Book“. World Karate Federation. 2021-yil 14-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 14-iyun.
  8. [1],, ,