Dota 2 — bu Valve korporatsiyasi tomonidan ishlab chiqarilgan MOBA (Multiplayer Online Battle Arena) janridagi oʻyin. Dota 2 DotAning davomi boʻlib, Warcraft III: Reign of Chaos va uning qoʻshimcha qismi Warcraft III: The Frozen Throne uchun maxsus xarita hisoblanadi. Har bir oʻyinda besh oʻyinchidan iborat ikkita jamoa ishtirok etadi, ular „qahramonlar“ni — turli xil qobiliyatlarga ega shaxslarni boshqarishadi. Bir jamoa yaxshilik tomon uchun oʻynaydi (The Radiant), ikkinchisi — yovuzlar uchun (The Dire). Uchrashuvda gʻalaba qozonish uchun jamoa maxsus obyektni — dushman tomoniga tegishli „qal’ani“ (asosiy binoni) vayron qilishi va oʻz „qal’asini“ vayronagarchilikdan himoya qilishi kerak. Dota 2 free-to-play modelida ishlaydi. Defense of the Ancients singari, Dota 2 real vaqtda boshqariluvchi strategiya (RTS) hisoblanib, sichqoncha va klaviatura boshqaruvlaridan va izometrik koʻrinishni imitatsiya qiluvchi masofaviy koʻrinishdan foydalanadi[1][2]. Oʻyinda onlayn-xaridlar amalga oshirish imkoni mavjud. Dota 2 qahramonlar uchun maxsus oʻyin rejimlari, turli xarita turlari va personajlar uchun maxsus narsalar yaratish hamda Steam ustaxonasi yordamida ularni Dota 2 ga qoʻshish imkoniyatini beradi. Dota 2 Steamdagi eng mashhur oʻyinlardan biri boʻlib, oʻzining takrorlanmasligi, ishlab chiqarish sifati va oʻzidan oldingi oʻyindan (DotA) ham qiziqarliroq bo'lganligi uchun tanqidchilardan ijobiy baho olgan[3]. Oʻyinning asosiy kamchiliklari orasida oʻrganish qiyinligi hisoblanadi. Dota 2 — bu butun dunyo boʻylab professional jamoalar turli ligalar va turnirlarda raqobatlashadigan faol kibersport yo'nalishi hisoblanadi. Dota 2 o'yinidagi eng mashhur turnirlarining mukofot jamgʻarmasi millionlab dollarni tashkil etadi, bu musobaqalar bir necha marta kibersport tarixida eng katta jamgʻarmaga ega turnirlar qatoriga kirgan[4][5]. Oʻyindagi eng yirik musobaqa har yili Valve tomonidan oʻtkaziladigan The International hisoblanadi. 2017/2018 yilgi mavsumdan boshlab, Valve professional liga — Dota Pro Circuit ni ham tashkil qiladi. Dota 2 ning katta turnirlari video striming xizmatlarida efirga uzatiladi, baʼzan bir vaqtning oʻzida milliondan ortiq tomoshabinni qamrab oladi[6].

Dota 2
Dota 2
Ishlab chiqaruvchi Valve
Nashir etuvchi Valve
Chiqarilgan sana 2013-yil 9-oktabr
Geymdizayner IceFrog
Janr Strategiya, MOBA
Platformalar Windows, Linux, MacOS
Yuritkich Source 2
Versiya 7.31d

Oʻyinning ishlab chiqarilishi

tahrir
Microsoft Windows[7] uchun minimum tizim talablari
Operatsion tizim Windows 7
Markaziy protsessor Intel Pentium Dual-core, AMD 2.8 gers
RAM hajmi 4 GB
Ovoz DirectX 9.0
Videokarta nVidia GeForce 8600/9600GT, ATI/AMD Radeon HD2600/3600
Qattiq diskdagi boʻsh joy hajmi 15 GB
Tarmoq Internet


Dota seriyali oʻyinlar tarixi 2003-yilda Eul taxallusiga ega ishlab chiquvchi tomonidan yaratilgan Warcraft III: Reign of Chaos oʻyinining maxsus modifikatsiyasi boʻlgan Defence of Ancients (DotA) bilan boshlandi[8][9]. Warcraft III uchun The Frozen Throne deb nomlangan qoʻshimcha qism oʻsha yilning oxirida chiqdi. Oʻyinning keyingi rivojlanishida DotA seriyasidagi modlar mashhurlik uchun raqobatlasha boshlashdi. Eng muvaffaqiyatli Guinsoo taxallusiga ega ishlab chiqaruvchi Steve Feak[10] tomonidan ishlab chiqilgan DotA: Allstars boʻldi va u oʻzining doʻsti Steve Mescon bilan DotA hamjamiyatining rasmiy veb-saytini va DotA-Allstars, LLCni[11] yaratishda hamkorlik qildi. 2005-yilda Feak DotA: Allstars ustida ishlashni toʻxtatgach, uning doʻsti IceFrog shu oʻyinning dizayneriga aylandi[9]. DotA mashhurligi sezilarli darajada oshdi, modifikatsiya dunyodagi eng mashhur modifikatsiyalaridan biri bo'ldi va 2008-yilga kelib u kibersport turiga aylandi[12]. 2009-yil may oyida Mescon bilan kelishmovchilik natijasida IceFrog playdota.com nomli yangi sayt ochdi[13]. Valvening DotAga boʻlgan qiziqishi kompaniyaning bir qancha faxriy ishchilari, jumladan, Team Fortress dizayneri Robin Walker modning muxlislariga aylanib, uni faol oʻynashni boshlashganlarida paydo bo'ldi. Valve IceFrog bilan elektron pochta orqali DotA boʻyicha kelajakdagi rejalari haqida soʻrash niyatida bogʻlanadi va keyinchalik uni DotA[14][15] ning davomini ishlab chiqishga rahbarlik qilish uchun yollaydi. IceFrog bu haqda birinchi marta 2009-yil oktyabr oyida oʻz blogida eʼlon qilgan edi[16]. Valve 2010-yilning yozida Dota 2 tovar belgisiga ariza topshiradi[17][18]. 2010-yil 13-oktyabrda Game Informer oʻyin portalida Dota 2 oʻyini 2011-yilda chiqarilishi eʼlon qilindi[19]. Yaqinlashib kelayotgan oʻyinning eʼlon qilinishi oʻyinga qiziqishning ortishiga olib keladi va shu sababli Game Informer serverlari haddan tashqari ko'p foydalanuvchilari sababli ishdan chiqadi[20]. 2011-yil 15-avgustda Dota 2ning rasmiy blogida oʻyinining treyleri eʼlon qilindi[21]. Dota 2 avvaliga ikki yil davomida beta-test rejimida boʻlganidan soʻng 2013-yil iyul oyida rasman Steam platformasiga joylashtirildi[22][23]. Dastlab, Dota 2 "Source" oʻyin dvigatelida chiqarildi, shundan soʻng u 2015-yilda "Source 2" dvigateliga koʻchirildi va Dota 2 ushbu dvigatelda ishlaydigan birinchi oʻyin boʻldi[24][25].

"Dota" nomi dastlab franchayzing nomi sifatida sotib olinganida ko'pchilik unga modifikatsiyaning qisqartmasi sifatida qaralgan edi. Kompaniya xodimi Erik Johnsonning taʼkidlashicha, bu nom qisqartma emas, balki oʻyinning oʻziga ishora qiladi, chunki u kundalik nutqda qoʻllanadi[15]. Dota 2 eʼlon qilinganidan koʻp oʻtmay, Valve Dota[26] nomli savdo belgisi uchun ariza berdi. 2011-yilda Gamescomda Valve bosh direktori Gabe Newell bu haqida izoh berib, allaqachon mashhur boʻlgan DotAning davomini ishlab chiqish uchun savdo belgisi kerakligini tushuntirdi[27]. Dota nomini ommaviy domenga aylantirgandan soʻng, Feak va Mescon qarama-qarshi savdo belgisi DotA-Allstars, LLC nomidan „DOTA“ belgisini roʻyxatdan oʻtkazishdi[11]. Blizzard Entertainment vitse-prezidenti Rob Pardo xuddi shunday tarzda DotA nomi modning oʻyinchilar hamjamiyatiga tegishli ekanligini aytdi. Blizzard DotA-Allstars, LLCni Riot Gamesdan sotib oldi va 2011-yil noyabr oyida Valvega qarshi eʼtiroz bildirdi, chunki Blizzardning Warcraft III World Editor va DotA-Allstars, LLCga egaligi butun franshizaga egalik huquqini daʼvo qilish uchun yetarli asos edi[28]. Mojaro 2012-yil may oyida hal qilindi; "Dota" savdo belgisidan tijorat maqsadlarida foydalanish Valve tomonidan saqlanib qolindi, uchinchi shaxslar tomonidan nomdan notijorat maqsadlarda foydalanishga ruxsat berildi[29].

Dota 2 ni ishlab chiqish guruhining dastlabki maqsadi DotAning badiiy uslubini Source[19] oʻyin dvigateliga moslashtirish edi. Tomonlarning nomlari "The Sentinel" va "The Scourge" — boshqa nomga bilan oʻzgartirildi: yorugʻ tomon "The Radiant" va qorongʻu tomon "The Dire". Moddagi qahramon nomlari, qobiliyatlari, artefaktlari va xarita dizayni asosan Blizzardga tegishli savdo belgilari tufayli baʼzi oʻzgarishlar bilan Dota 2 da saqlanib qoldi. Dota 2 dagi birinchi savol-javob sessiyasida IceFrog oʻyin modga asoslangan boʻlishi va avvalgisidan katta oʻzgarishlarga ega boʻlmasligi kerakligini tushuntirdi[15]. Yangi oʻyinni yaratishga yordam berish uchun Valve DoTA hamjamiyatidan muhim hissa qoʻshuvchilarni, jumladan Eul va rassom Kendrik Limni yolladi[30]. Dota 2 -da oʻyinchilar hamjamiyatining ishtirokida DotAni rivojlantirish anʼanasini davom ettirish uchun vaqti-vaqti bilan Valvedan tashqari manbalardan qoʻshimcha hissalar qoʻllangan[31]. Warcraft III: Reign of Chaos ning bastakorlaridan biri Jason Hayes, shuningdek, Tim Larkin Dota 2 saundtrekini birgalikda yaratish uchun yollangan[32]. Oʻyin Half-Life yozuvchisi Marc Laidlaw, fantast yozuvchi Ted Kosmatka va Steam vakili Kris Katz tomonidan ishlab chiqilgan boʻlib, ular artefaktlarning yangi nomlarini yaratishgan[33][34]. Nolan North, Dave Fennoy, Jon St. John, Ellen McLain, Fred Tatasciore, Merle Dandridge, Jen Taylor[35] Dota 2 ning ingliz tilidagi dublyajida ishtirok etishdi.

Oʻyinning taqdim etilishi

tahrir

Valve ishlab chiquvchilari tomonidan oʻyin keng qamrovli sinovdan oʻtkazilganidan soʻng, Dota 2 birinchi boʻlib 2011-yilda Gamescom taqdimotida oʻtkazilgan musobaqa The Internationalda ommaga taqdim etildi. Shu bilan birga, Valve oʻyinning yopiq beta-sinoviga taklifnomalar berishni boshladi, ularning birinchisi Gamescomda[36] koʻp oʻtmay berildi. Tadbir davomida Gabe Newell Dota 2 2012-yilda chiqarilishini mumkinligini aytdi[37]. 2011-yil sentabr oyida Valve oʻyinni ishlab chiqarish rejalarini vaqtinchalik to'xtatdi, shundan soʻng oʻyin bir yildan ortiq vaqt davomida beta-test bosqichida yana sinovdan oʻtkazildi. IceFrog tomonidan eʼlon qilingan yangi rejalarda oʻyinning beta-versiyasini imkon qadar tezroq boshlash va DotAdagi qoʻshimcha qahramonlarni Dota 2 ga qoʻshish edi . Shu baqtda, Valve oshkor qilmaslik toʻgʻrisidagi kelishuvni bekor qildi, beta-test ishtirokchilariga muammolarni oʻzaro muhokama qilish va oʻyin haqidagi taassurotlarini aytishga ruxsat berildi[38]. Taxminan ikki yillik beta-sinovdan soʻng Dota 2 rasmiy ravishda 9-iyulda Windows uchun Steam va macOSda, Linux uchun esa 2013-yilning 18-iyulida chiqarildi[22][39].


Oʻyin jarayoni

tahrir

Uchrashuvning oʻnta ishtirokchisining har biri qahramon deb ataladigan bitta personajni boshqaradi; oʻyinchilar 123 ta qahramondan birini tanlaydilar, ularning har biri oʻziga xos koʻrinishga, zaif va kuchli tomonlarga, shuningdek noyob qobiliyatlar toʻplamiga, shu jumladan ularning eng kuchlisi — Ultimatega (yakuniy qobiliyat) egalar[1][40]. Oʻyin davomida oʻyinchi maʼlum bir rolni bajaradi, masalan, „Carry“ yoki „Support“ .Oʻyin qahramonlari oʻz qobiliyatlaridan kelib chiqib maʼlum bir rolga koʻproq mos kelishi mumkin[1][41]. Oʻyin davomida qahramon tajriba ballarini toʻplashi (EXP), oltin tangalarni yigʻishi, uni kuchaytiradigan yoki unga qoʻshimcha qobiliyat beradigan narsalarni sotib olishi mumkin. Carry koʻpincha oʻyin boshida nisbatan kuchsiz boʻladi, lekin tajriba ochkolariga ega boʻlgach, ular kuchayib boradilar va dushmanlarni osongina magʻlub etish va oxir-oqibat butun jamoa uchun gʻalaba qozonish imkonini beradigan qobiliyatlarga ega boʻlishadi. Support qobiliyatlariga ega qahramonlar jamoadoshlariga yordam koʻrsatishga imkon beradi — masalan, ularning mudofaasini oshirish yoki yoʻqolgan sogʻliq parametrlarini tiklash[41][42]. Agar qahramonning sogʻliq ballari nolga tushirilsa, masalan, u dushman qahramoni tomonidan jangda magʻlub boʻlsa — qahramon qisqa vaqt ichida „oʻlgan“ deb hisoblanadi; bu vaqt oxirida qahramon oʻz qal’asi yonidagi favvora yonida yana paydo boʻladi va uni boshqaradigan oʻyinchi oʻyinni davom ettirishi mumkin. Dushman qahramonini yoʻq qilish uni yoʻq qilgan oʻyinchiga katta miqdordagi oltin tangalar va tajriba ballini beradi[43].

Har bir oʻyin oʻziga xos turdagi kvadrat xaritada boʻlib oʻtadi, u yerda ikkala jamoaning qal’alari qarama-qarshi burchaklarda joylashgan va oʻyinchilar ushbu qal’alarni bogʻlaydigan yoʻllar — „lane“lar (chiziqlar) boʻylab tarqalib ketishadi[1]. Oʻyinchilarning oʻzlariga qoʻshimcha ravishda, oʻyinda kompyuter tomonidan boshqariladigan mavjudotlar — „creep“lar va qoʻzgʻalmaydigan obyektlar — „Tower“ (minoralar) mavjuddir. Kompyuter tomonidan boshqariladigan obyektlar ikki tomonda ham mavjud, ular ham jangda qatnashadilar, dushman qahramonlari va creeplariga hujum qiladilar va shu bilan oʻz jamoasiga yordam beradilar[43][44]. Xaritaning koʻp qismini qoplagan urush tumanlari oʻyinchilarga dushman harakatlarini kuzatishga toʻsqinlik qiladi[41].

Qahramonlarning pozitsiyalari (rollari).

tahrir

"Rol" tushunchasi oltin va tajribani jamoadagi qahramonlar oʻrtasida taqsimlash bilan bogʻliq. Xaritadagi resurslar miqdori cheklanganligi sababli, DotA birinchi marta ishlab chiqilgan kunlaridayoq qahramonlar oʻrtasida oltin va tajribani teng taqsimlash maqbul yoʻl emasligi maʼlum boʻldi: raqib jamoasiga maksimal zarar yetkazuvchi qahramon eng koʻp oltinga ega bo'lsa, jamoa koʻproq ustunlikka ega boʻladi, ularga yordam beruvchi rollar esa faqatgina kerakli kam sonli artefaktlar bilan cheklanishadi[45][46].Quyida oltinga ehtiyoj darajasiga ko'ra rollar keltirilgan:

  1. Carry. Deyarli har doim asosiy hujum parametri bilan zarar yetkazadigan qahramondir. Istisnolar juda kam uchraydi (Banehallow the Lycan, chaqirilgan mavjudotlar bilan jang qiladi[45]). U omon qolish va zarar yetkazish uchun qancha koʻp artefakt sotib olsa, shunchalik kuchli boʻladi — va shuning uchun carry xaritadan eng ko'p oltin oladi (hisob-kitoblardan biriga koʻra, jamoa yig'gan oltinning uchdan biridan koʻproq[45]). Ammo, carry o'yin boshlanishida juda zaif va supportlarning yordamiga ehtiyoj sezadi. Odatda support bilan birga creeplarni o'ldirish uchun eng oson chiziqqa boradi (bu gorizontal chiziq — The Radiant uchun eng pastki, The Dire uchun uchun eng yuqoridagi chiziq).
  2. Midlaner. Midlanerlar oʻrta chiziqda „birma-bir“ kurashUvchi, o'yin tempini yaratuvchi va oʻyin boshida eng yuqori darajaga ega qahramon hisoblanadi (Zeus, Invoker, Storm Spirit va boshqalar). Ya'ni yetarlicha oltin va tajriba to'play olgan midlanerlar boshqa chiziqlarga yordami orqali jamoasiga kuchli ustunlik taqdim etadilar. Qoidaga koʻra, boshqa chiziqlarga yordam beruvchi midlanerlar kuchli zarar yetkazuvchi qobiliyatlarga ega boʻlishlari kerak[41].
  3. Offlaner yoki hardlaner. Bu Radiant uchun yuqori chiziq va Dire uchun pastki chiziqda harakatlanovchi, eng birinchi vazifasi oʻlmaslik va personajning maksimal darajasini qoʻlga kiritishga harakat qiladigan rol hisoblanadi. Koʻpincha (har doim ham boʻlmasa ham), janglarda offlaner oʻziga jarohatlarni qabul qiladi yoki janglarning tashabbuskori boʻladi[41].
  4. Soft-support, semi-support, 4-pozitsiya. Koʻpincha faol harakat qilib turli chiziqlardagi jamoadoshlariga yordam beruvchi (roumer) yoki offlanerga janglarni tashkil etishda yordam beruvchi rol hisoblanadi (Marci, Techies, Earth Spirit va hokazo). Agar chizilardan biri vaqtincha boʻsh boʻlsa, u yerga hard support emas, balki Soft-support borib oltin va darajaga ega boʻladi.
  5. Support, hard support, toʻliq qoʻllab-quvvatlovchi rol, 5-pozitsiya. Odatda eng kam oltin va darajaga ega boʻluvchi, eng koʻp oʻldiriluvchi[41] va boshqa qahramonlarga oʻzining qobiliyatlari orqali yordam beruvchi rol hisoblanadi. Support oʻyin boshida boshqa rollardan kuchliroq boʻlgani sababli, jamoasidagi Carry ni turli xil qobiliyatlar, oltin yordamida sotib olinuvchi HP va MP larni toʻldiruvchi narsalar orqali yordam berishadi (Witch Doctor, Chen, Jakiro, IO, Bane va boshqalar). Koʻpincha jamoa sardori beshinchi pozitsiyada oʻynaydi, chunki aynan hard support eng kam mikroboshqaruvga muhtoj hisoblanadi va jamoa sardorlari oʻz taktikalarini oʻzgartirishga yetarli vaqtga ega boʻlishadi (Puppey, KuroKy, Solo, Miposhka).

Birinchi uchta rol — asosiy ijro etuvchi rollar (core), toʻrtinchi va beshinchilar — qoʻllab-quvvatlovchi rollar hisoblanadi. Ularning orasidagi farq shundaki, corelar koʻproq creeplarni oʻldiradi va koʻproq oltin oladi, supportlar esa corelardan qolgan oltinlarni olishi mumkin. Baʼzi qahramonlar ham core, ham support rolida oʻynashi mumkin (Tiny, KotL, Lina, Marci va boshqalar), boshqalari esa yoʻq (Ursa, Drow Ranger, Spectra, Phantom Assasin, Phantom Lancer va boshqalar).

Oʻyin haqida fikrlar

tahrir
Baholovchi Reyting
Metacritic 90/100[47]
DestructReview 9.5/10[48]
EdgeReview 9/10[49]
EuroGReview 9/10[50]
GIReview 9/10[51]
GSpot 9/10[52]
IGNReview 9.4/10[53]
PolygonReview 8.5/10[54]
PCGUS 92/100[55]
usgamer      [56]
VideoGamer 9/10[57]

PC Gamer 2012-yil sentabrida Dota 2 ni tahlil qilib chiqdi va bu „Original DotAning ajoyib davomi boʻlgan nihoyatda qiziqarli va murakkab oʻyin“ ekanligini aytdi va oʻyinga 85/100 baho berdi . 2012-yil dekabr oyida PC Gamer Dota 2-ni 2012-yilning eng yaxshi oʻyini, shuningdek, yilning eng yaxshi kibersport oʻyini[58] uchun daʼvogar sifatida koʻrsatdi. Oʻyinning The International 2011 dagi birinchi ommaviy namoyishidan soʻng, u Battlefield 3, Diablo III, The Elder Scrolls V: Skyrim va Guild Wars 2[59] kabi oʻyinlarni ortda qoldirib, IGN 's Peopleʼs Choice mukofotiga sazovor boʻldi.

Oʻyin chiqarilgandan soʻng, oʻyin Metacritic da 90/100 va Gamerankings da 89,27 % ball bilan asosan ijobiy sharhlarni oldi. Eurogamer oʻyinga 9/10 baho berib, uni „Eng buyuk MOBA“ deb atadi. Game Informer jurnali oʻyin sifatini maqtab, oʻyinga 10 balldan 9 ball berdi, lekin oʻyin koʻp vaqt talab qilishi va oʻyinda salbiy qarashlarga ega oʻyinchilar koʻpligi haqida ogohlantirdi. GameSpot unga 9/10 baho berib, oʻyinni „qiyin, mashaqqatli, baʼzan shafqatsiz, lekin… nihoyatda qiziqarli va hayajonli MOBA“ deb taʼrifladi. IGN oʻyinga 9.4/10 baho berib, oʻyinning qiziqarli funksiyalari va bepul tarqatish modelini maqtadi .

Mukofotlar va nominatsiyalar

tahrir
sana Sovrin Turkum Natija
2013-yil 20-dekabr PC Gamer Game of the Year Awards 2013 Yilning kibersport oʻyini Gʻolib[60]
2013-yil 31-dekabr Gametrailers Game of the Year Awards 2013 Eng yaxshi kompyuter oʻyini Gʻolib[61]

Tanqid

tahrir

Dota 2 yaxshi reytingga ega boʻlsa-da, oʻyindagi jamiyat, uning foydalanuvchilari xulq-atvori har doim yomon boʻlib kelgan. Oʻyindagi bunday yomon muhit strategik qarorlar chiqarish qiyinlashuvi, jamoadoshlarga nisbatan agressiya elementlari orqali ifodalanadi. Garchi, oʻyinda boshqa oʻyinchilardan keluvchi matnli va ovozli xabarlarni cheklash tugmasi boʻlsa-da, bu jamoaviy strategiya tuzish, raqib haqida axborot berish yoki jamoadoshiga maslahat berish kabi imkoniyatlarni yoʻqqa chiqaradi va magʻlubiyatga olib kelishi mumkin. Dota 2 foydalanuvchilaridan olingan turli so'rovlarga ko'ra Dota 2 hozirda eng yomon xulq-atvorli jamiyatga ega hisoblanadi yoki shunday jamiyatlardan biridir[62][63].

Musobaqalar

tahrir
 
GamesCom 2011 xalqaro turniri

Dota 2 oʻyini, oʻzidan oldingi DotA kabi, kibersport yoʻnalishi boʻlib, hatto rasmiy nashrdan oldin ham u boʻyicha koʻplab turnirlar boʻlib oʻtdi, ularning eng yiriklari ishlab chiqaruvchilarning oʻzlari tomonidan tashkil etilgan xalqaro musobaqa — Valve tomonidan tashkil etilgan "The International" hisoBlanadi. The International xalqaro eng yirik kibersport turniri va boshqa kibersport yoʻnalishlari orasida eng nufuzlilaridan biri hisoblanadi[64]. Birinchi The International Gamescom 2011 oʻyin koʻrgazmasining bir qismi sifatida Kyolnda boʻlib oʻtdi. Bu vaqtda oʻyinning oʻzi hali yopiq beta sinov bosqichida va endigina koʻrgazmada ommaga taqdim etilgan edi. Sovrin jamgʻarmasi 1,6 million dollarni tashkil etdi — bu oʻsha yillar kibersport musobaqasi uchun misli koʻrilmagan miqdor edi[64]. Butun dunyodan 16 ta eng kuchli DotA jamoasi taklif etildi. Ukrainaning Natus Vincere jamoasi The International 2011 chempioni boʻldi.

2015-yilda Valve tomonidan tashkil etilgan The Major musobaqalari seriyasi boshlandi. Ulardan birinchisi 2015-yilning noyabr oyida Frankfurtda boʻlib oʻtdi.

Kompyuterga qarshi bahslar

tahrir

OpenAI kompyuter dasturi 2017-yilda professional Dota 2 oʻyinchilarini 1v1 turdagi oʻyinda magʻlub etdi[65], lekin 2018-yil holatiga koʻra jamoaviy turdagi jangda hali ham professonal oʻyinchilarga qaraganda kuchsizroq edi[66]. 2019-yil aprel oyida OpenAi botlari The International 2018 gʻolibi professional kibersport jamoasi OG[67] ustidan gʻalaba qozondi. Xuddi shu oyda sunʼiy intellekt hamma uchun ochiq boʻlgan tanlovda oʻyinlarning 99  foizidan koʻprogʻida gʻalaba qozonishdi[68][69].


Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 „A Beginner's Guide to Dota 2: Part One – The Basics“. PC Invasion. 2016-yil 11-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 1-avgust.
  2. „A comprehensive comparison of Dota 2 and League of Legends“. PC Gamer. 2016-yil 1-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 3-avgust.
  3. Matt Whittaker. „Dota 2 Hits One Million Concurrent Users on New Engine“ (en). Hardcore Gamer. 2016-yil 14-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 4-sentyabr.
  4. „The International 3 - крупнейший турнир в истории киберспорта“. virtuspro.org. 2013-yil 29-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 24-avgust.
  5. Dylan Walker. „The International 6 now boasts the largest esports prize pool of all time“ (en). esports.yahoo.com (2016-yil 27-iyul). 2016-yil 25-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 3-sentyabr.
  6. Eddie Makuch. „The International hits 1 million concurrent viewers“. Gamespot (2013-yil 13-avgust). 2016-yil 4-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 4-sentyabr.
  7. „System Requirements for Dota 2“ (en) (deadlink). System Requirements Lab. 2013-yil 20-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 20-iyun.
  8. Kevin Tok. „Defense of the Ancients 101“ (en). GotFrag (2006-yil 25-yanvar). 2009-yil 24-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 25-sentyabr.
  9. 9,0 9,1 Steve Feak, Steve Mescon. „Postmortem: Defense of the Ancients“ 1–5. Gamasutra (2009-yil 19-mart). 2010-yil 7-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 25-sentyabr.
  10. „Vida: El top 5“ (es). El Universo (2008-yil 18-fevral). 2009-yil 14-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 8-yanvar.
  11. 11,0 11,1 Josh Augustine. „Riot Games' dev counter-files "DotA" trademark“. PC Gamer (2010-yil 17-avgust). 2013-yil 3-fevralda asl nusxadan arxivlangan.
  12. Michael Walbridge. „Analysis: Defense of the Ancients – An Underground Revolution“. Gamasutra (2008-yil 12-iyun). 2012-yil 13-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  13. IceFrog. „IceFrog.com: DotA Website News“. PlayDotA.com (2009-yil 14-aprel). 2016-yil 8-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 25-sentyabr.
  14. „DOTA 2 – Gamescom 2011 Interview (PC)“. Gamespot (2011-yil 19-avgust). 2013-yil 21-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 25-sentyabr.
  15. 15,0 15,1 15,2 Charles Onyett. „Valve's Next Game“. IGN (2011-yil 8-yanvar). 2012-yil 9-noyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  16. IceFrog. „Great News For DotA Fans“. PlayDotA.com (2009-yil 5-oktyabr). 2012-yil 23-iyulda asl nusxadan arxivlangan.
  17. Charles Onyett. „Valve's Next Game“ (en). IGN (2011-yil 8-yanvar). 2012-yil 9-noyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  18. Trademark Applications and Registrations Retrieval. „Trademark "DOTA"“ (2010-yil 6-avgust). 2012-yil 24-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 6-oktyabr.
  19. 19,0 19,1 Adam Biessener. „Valve's New Game Announced, Detailed: Dota 2“ (en). Game Informer (2010-yil 13-oktyabr). 2012-yil 1-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 16-oktyabr.
  20. Matt Helgeson. „Game Informer Show 43: Dota 2, Medal of Honor“. Game Informer (2010-yil 14-oktyabr). 2012-yil 21-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  21. „Трейлер Dota 2 gamescom“. Dota 2 Blog (2011-yil 15-avgust). 2017-yil 19-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 16-avgust.
  22. 22,0 22,1 Patricia Hernandez. „Valve Finally "Releases" DOTA 2“ (en). Kotaku (2013-yil 9-iyun). 2013-yil 31-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 4-sentyabr.
  23. Alexander Sliwinski. „Dota 2 launching now, officially“ (en). Engadget (2013-yil 10-iyul). 2015-yil 9-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 4-sentyabr.
  24. Michael Martin. „Valve Announces Dota 2 Reborn“ (en). IGN. 2016-yil 29-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 4-sentyabr.
  25. Seth Macy. „Dota 2 Now Valve's First Ever Source 2 Game“ (en). IGN (2015-yil 9-sentyabr). 2015-yil 10-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 4-sentyabr.
  26. John Funk. „Valve Files Trademark for ... DotA?“. The Escapist (2010-yil 13-oktyabr). 2012-yil 10-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  27. Wesley Yin-Poole. „Dota trademark: Blizzard, Valve respond“. Eurogamer (2011-yil 22-avgust). 2012-yil 24-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  28. Luke Plunkett. „Blizzard and Valve go to War Over DOTA Name“. Kotaku (2012-yil 10-fevral). 2012-yil 4-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
  29. Jim Reilly. „Valve, Blizzard Reach DOTA Trademark Agreement“. Game Informer (2012-yil 11-may). 2012-yil 24-iyulda asl nusxadan arxivlangan.
  30. Francesco Dagostino. „DOTA 2: How Valve Turned From Fanboys Into Developers For This Game“. 1UP.com (2011-yil 31-avgust). 2013-yil 3-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 30-sentyabr.
  31. IceFrog. „Dota 2 Q&A“. Dota 2 Official Blog. Valve Corporation (2010-yil 1-noyabr). 2012-yil 10-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  32. Jayson Napolitano. „Composer Jason Hayes joins audio team at Valve“. Destructoid (2011-yil 23-avgust). 2012-yil 10-iyulda asl nusxadan arxivlangan.
  33. „Interview: Marc Laidlaw, writer of Half-Life and DOTA2“. showmethegames.com. 2016-yil 29-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 1-oktyabr.
  34. Jason England. „Interview With Marc Laidlaw: The Writer Of Half-Life“. New Rising Media. 2016-yil 10-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 29-iyun.
  35. „Dota 2 (2013)“ (en). Internet Movie Database. 2016-yil 1-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  36. Charles Onyett. „Gamescom: When Do We Get to Play Dota 2?“. IGN (2011-yil 17-avgust). 2012-yil 9-noyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  37. Wesley Yin-Poole. „Newell: Dota 2 won't ship until 2012“. Eurogamer (2011-yil 18-avgust). 2012-yil 25-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
  38. Jordan Devore. „A change of plans at Valve means we'll get Dota 2 sooner“. Destructoid (2011-yil 22-sentyabr). 2012-yil 20-mayda asl nusxadan arxivlangan.
  39. Tim McDonald. „Dota 2 patch adds Linux and Mac support, plus customisable chat wheel“. incgamers.com. IncGamers. 2013-yil 21-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 17-sentyabr.
  40. „Heroes“. dota2.com. Valve Corporation. 2018-yil 18-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 18-oktyabr.
  41. 41,0 41,1 41,2 41,3 41,4 41,5 „The Normal Person’s Guide to Watching Competitive Dota 2 (2017 Edition)“. Polygon. 2017-yil 3-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 3-avgust.
  42. „A Beginner’s Guide to Dota 2: Part Two – The Heroes“. PC Invasion. 2016-yil 12-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 1-avgust.
  43. 43,0 43,1 „The unique strategy of Dota 2“. ESPN. 2016-yil 11-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 12-iyul.
  44. Yin-Poole, Wesley „Dota 2 – Preview“. Eurogamer (2011-yil 19-avgust). 2012-yil 13-noyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  45. 45,0 45,1 45,2 „ВСЁ О ПОЗИЦИЯХ В ДОТЕ! Краткий разбор позиций для новичков. Кого пикать, куда идти, как играть? — YouTube“. 2019-yil 26-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 12-sentyabr.
  46. „Почему В Доте Есть Роли И Что От Них Требуется? — Youtube“. 2019-yil 9-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 12-sentyabr.
  47. „Metacritic rated Dota 2“. 2013-yil 7-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 10-avgust.
  48. Patrick, Hancock „Dota 2“. Destructoid (2013-yil 24-iyul). 2013-yil 27-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 25-iyul.
  49. Edge Staff „Dota 2 review“. Edge Magazine UK. 2013-yil 4-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 2-avgust.
  50. Smith, Quintin „Dota 2 review“. Eurogamer (2013-yil 16-iyul). 2013-yil 18-iyulda asl nusxadan arxivlangan.
  51. „Biessener, Adam (July 16, 2013). "Dota 2". Game Informer. Archived“. 2013-yil 20-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 10-avgust.
  52. Gaston, Martin „Dota 2 Review“. GameSpot (2013-yil 19-iyul). 2016-yil 25-iyulda asl nusxadan arxivlangan.
  53. Cameron, Phill „Dota 2 Review“. IGN (2013-yil 24-iyul). 2013-yil 6-avgustda asl nusxadan arxivlangan.
  54. Gies, Arthur Dota 2 review“. Polygon (2017-yil 15-avgust). 2017-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 15-avgust.
  55. Thursten, Chris „Dota 2 review“. PC Gamer (2018-yil 24-may). 2018-yil 24-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 25-may.
  56. Rignall, Jaz „DOTA 2 Review“. USgamer (2013-yil 8-avgust). 2018-yil 30-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 30-sentyabr.
  57. McCormick, Rich „Dota 2 Review“. VideoGamer.com (2013-yil 26-iyul). 2013-yil 5-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 29-iyul.
  58. „The PC Gamer 2012 Game of the Year nominees“ (en). PC Gamer (2011-yil 11-dekabr). 2013-yil 29-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 17-iyul.
  59. MacDonald, Keza „IGN People's Choice Award: And The Winner Is...“ (en). IGN (2011-yil 23-avgust). 2013-yil 29-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 20-iyul.
  60. „PC Gamer присудил Dota 2 звание «Киберспортивная дисциплина года»“. dotadb.gameguyz.ru (2013-yil 20-dekabr). 2014-yil 1-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 31-dekabr.
  61. „Gametrailers: DOTA2 "Game of the Year"“ (en). joinDOTA (2013-yil 31-dekabr). 2014-yil 1-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 31-dekabr.
  62. „Why Dota 2 is the Most Toxic game“.
  63. „Dota 2 is no longer the most toxic game, but it’s close“.
  64. 64,0 64,1 „The top 10 highest prize pools in esports“ (2021-yil 18-oktyabr). 2021-yil 19-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 19-oktyabr.
  65. „Бот OpenAI победил сильнейших игроков в Dota 2“. 2019-yil 28-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 8-yanvar.
  66. „Создатели OpenAI ищут игрока в Dota 2 для тестов новой версии ИИ“. 2019-yil 28-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 8-yanvar.
  67. „OpenAI Five defeats professional Dota 2 team, twice“. Venture Beat. 2019-yil 13-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 13-aprel.
  68. „OpenAI’s Dota 2 AI steamrolls world champion e-sports team with back-to-back victories“. The Verge. 2019-yil 15-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 15-aprel.
  69. „OpenAI’s Dota 2 bot defeated 99.4% of players in public matches“. Venture Beat. 2019-yil 11-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 22-aprel.