Dow Jones sanoat indeksi (lotincha: Dow Jones Industrial Average, qisqartirilgan holda DJIA; NYSE: DJI) — AQShning yetakchi kompaniyalari aksiyalari kursining Nyu-York birjasidagi oʻrtacha koʻrsatkichi, birja indikatori. Bu indeks dastlab 1884-yildan „DowJones end kompani“ firmasi tomonidan 11 kompaniya aksiyalari kursi buyicha „Uol strit jornel“da eʼlon qilinib borilgan.[1] 1928-yildan 30 ta kompaniya aksiyalari boʻyicha hisoblanib, muntazam matbuotda eʼlon qilib boriladigan boʻldi. Hozir Dow Jones indeksi aksiyalar kursining birja yopiladigan chogʻda har kungi oʻrtacha qiymatlarini koʻrsatadi, muayyan vaqtdagi aksiyalarning oʻrtacha narxi oldingi davrdagi narxga solishtiriladi. Mas, oldingi narx indeksi 10, 100 yoki 1000 birlik deb qabul qilingan boʻlsa, keyingi narx shunga taqqoslanib, narx oshsa, yangi indeks 10,6, 106,1, 1010,5 deb baholanishi mumkin. Aksiyalar kursi indeksining koʻtarilishi uning haridorlarini koʻpaytiradi yoki aksincha. Kompaniyalar aksiyalarining kurs indeksiga qarab iqtisodiy vaziyatga baho beriladi. Dow Jones indeksi faqat iqtisodiy emas, balki siyosiy vaziyatga qarab ham oʻzgarib turadi.

DJIA eng qadimgi va eng mashhur aksiyalar indekslaridan biri boʻlsa-da, koʻplab professionallar Dow Jones S&P 500 yoki Russell 2000 indekslari kabi kengroq bozor indekslari bilan solishtirganda AQShning umumiy fond bozorini yetarli darajada aks ettirmaydi, deb hisoblaydilar.

Indeksdagi eng katta qulash 1987-yilndagi „qora dushanba“ kuni sodir boʻlgan, oʻshanda Dow Jones 22,6 % ni yoʻqotgan.[2]

Hisoblash va tanlash mezonlari

tahrir

Indeks AQShning 30 ta eng yirik kompaniyasini qamrab oladi. „Sanoat“ taʼrifi tarixga boʻlgan hurmatdan boshqa narsa emas: endi bu kompaniyalarning koʻpchiligi bu sohaga tegishli emas.[3]

Dastlab, indeks qamrab olingan kompaniyalar aktsiyalari narxining oʻrtacha arifmetik qiymati sifatida hisoblab chiqilgan. Endilikda esa, barcha 30 ta aksiyalar narxlari yigʻindisini hisoblash uchun Dow Jones koeffisientiga boʻlinadi.[4] 2021-yil 4 noyabrdan boshlab, Dow Jones koeffisienti 0,15172752595384 ni tashkil qiladi.[5] Taʼsischi kompaniya aksiyalarining boʻlinishiga duchor boʻlganda nisbat oʻzgaradi, shuning uchun aksiyalarning boʻlinishi indeks qiymatiga taʼsir qilmaydi.

Investitsiya usullari

tahrir

Dow Jones indeksiga indeks fondlari, shuningdek, opsion shartnomalari va fyuchers shartnomalari kabi hosila vositalari orqali investitsiya qilish mumkin.

Chicago opsionlar birjasi DJX ildiz belgisi orqali Dow-da opsion kontraktlarini chiqaradi.[6]

Indeksga koʻrsatkichlarini takrorlovchi ETF esa State Street Corporation tomonidan chiqariladi.[7]

Manbalar

tahrir
  1. „The First 12 Dow Components: Where Are They Now?“. forbes.com. Qaraldi: 2022-yil 28-yanvar.
  2. „Preliminary Observations on the October 1987 Crash“. archive.gao.gov. Qaraldi: 2022-yil 28-yanvar.
  3. „What Happened to the First 12 Stocks on the Dow?“. fool.com. Qaraldi: 2022-yil 28-yanvar.
  4. „Brokers for Trading Indices Guide“. comparebrokers.co. Qaraldi: 2022-yil 28-yanvar.
  5. „Forex Trading Industry Statistics and Facts 2020“. dailyforex.com. Qaraldi: 2022-yil 28-yanvar.
  6. „SPDR Dow Jones Industrial Average ETF (DIA)“. nasdaq.com. Qaraldi: 2022-yil 28-yanvar.
  7. „The Best (and Only) Dow Jones Industrial Average ETF for Q1 2022“. investopedia.com. Qaraldi: 2022-yil 28-yanvar.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil