Douglas Santos
Douglas Santos (talaffuzi: Duglas Santos) — braziliyalik futbolchi, „Zenit“ klubi himoyachisi. 2016-yilda Rio-de-Janeyroda boʻlib oʻtgan Olimpiya oʻyinlari gʻolibi.
Douglas Santos | |
---|---|
Umumiy maʼlumotlari | |
Tugʻilgan |
22-marta 1994-yil[1][2] (28 yosh) |
Fuqaroligi | |
Boʻyi |
175 sm |
Vazni |
69 kg |
Pozitisyasi | Chap himoyachi |
Klub haqida maʼlumotlari | |
Klub | |
Raqami |
3 |
Wikimedia Commonsdagi media fayllar |
Jamoalardagi faoliyati
tahrir„Nautico Recife“ klubi tarbiyalanuvchisi. 2012-yilning 16-fevralida Pernambukano ligasida „Central“ga qarshi oʻyinda u asosiy jamoada debyut qilgan[3]. 26-fevral kuni „Belo Jardim“ga qarshi kechgan duelda Santos „Nautico Recife“ safida ilk golini kiritgan[4]. 19-iyul kuni „Ponte Preta“ qarshi oʻyinda Santos Braziliya A Seriyasida debyut qilgan[5]. 2013-yilning yozida u Ispaniyaning „Granada“ klubiga oʻtib, besh yillik shartnoma imzolagan. Transfer summasi 2,3 million yevroni tashkil qilgan edi. Santos darhol Italiyaning hamkor klubi „Udinese“ jamoasiga ijaraga berilgan. Shu bilan birga keyin uni sotib olgan. 21-dekabr kuni „Livorno Calcio“ jamoasiga qarshi oʻyinda u Italiya A seriyasida debyut qilgan[6].
2016-yilning yozida Santos Germaniyaning „Hamburg“ jamoasiga koʻchib oʻtgan[7]. Transfer summasi 7,5 million yevroni tashkil qilgan. 17-sentyabr kuni „RB Leipzig“ qarshi oʻyinda Germaniya Bundesligasida debyut qilgan[8]. 2018-yilning mart oyida poytaxtning „Hertha“ klubiga qarshi kechgan duelda Duglas „Hamburg“ safidagi ilk golini urgan. Mavsum oxirida klub Ikkinchi Bundesligaga tushib ketdi, lekin Santos jamoada qoldi.
2019-yilning yozida Santos Rossiyaning „Zenit“ klubiga oʻtib, 5 yillik shartnoma imzolagan. Transfer summasi 10,8 million yevroni tashkil qilgan[9]. U 14-iyul kuni „Tambov“ga (2:1) qarshi birinchi davradagi uy oʻyinida debyut qilgan.
Jamoadagi karyerasi
tahrir2013-yilda Braziliya yoshlar terma jamoasi tarkibida Santos Argentinada boʻlib oʻtgan Janubiy Amerika yoshlar chempionatida ishtirok etgan. Turnirda u oʻrinbosar boʻlgan va hech qachon maydonga tushmagan.
Yoshlar terma jamoasi tarkibida Santos ikki marta Tulondagi turnirda g‘olib chiqdi[10][11].
2016-yilda Braziliya olimpiya terma jamoasi tarkibida Santos Rio-de-Janeyrodagi Olimpiya oʻyinlarida gʻolib chiqdi[12][13]. Turnirda u Janubiy Afrika, Iroq, Daniya, Kolumbiya, Gonduras va Germaniya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[14][15].
2016-yil 30-may kuni Panamaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida Santos Braziliya terma jamoasi safida debyut qilgan[16]. Oʻsha yili u AQShda boʻlib oʻtgan Amerika kubogida ishtirok etgan. Turnirda u zaxiradan maydonga tushmagan.
Statistikasi
tahrirKlub | Mavsum | Liga | Kubog | Milliy kubog | Millatlar ligasi | Boshqa | Jami | |||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Bo`lim | O`yinlar | Gollar | O`yinlar | Gollar | O`yinlar | Gollar | O`yinlar | Gollar | O`yinlar | Gollar | O`yinlar | Gollar | ||
Náutico | 2012 | Série A | 22 | 1 | — | — | 3 | 1 | — | 25 | 2 | |||
2013 | — | 2 | 0 | — | 12 | 1 | — | 14 | 1 | |||||
Jami | 22 | 1 | 2 | 0 | — | 15 | 2 | — | 39 | 3 | ||||
Udinese (loan) | 2013–2014 | Serie A | 3 | 0 | — | — | — | — | 3 | 0 | ||||
Atlético Mineiro | 2014 | Série A | 13 | 1 | 6 | 0 | — | — | — | 19 | 1 | |||
2015 | 31 | 0 | 2 | 0 | 6 | 1 | 9 | 0 | — | 48 | 1 | |||
2016 | 10 | 0 | 1 | 0 | 10 | 0 | 10 | 1 | 1 | 0 | 32 | 1 | ||
Total | 54 | 1 | 9 | 0 | 16 | 1 | 19 | 1 | 1 | 0 | 99 | 3 | ||
Hamburger SV | 2016–2017 | Bundesliga | 20 | 0 | 2 | 0 | — | — | — | 22 | 0 | |||
2017–2018 | 27 | 1 | 1 | 0 | — | — | — | 28 | 1 | |||||
2018–2019 | Bundesliga | 33 | 1 | 5 | 1 | — | — | — | 38 | 2 | ||||
Total | 80 | 2 | 8 | 1 | — | — | — | 88 | 3 | |||||
Zenit Saint Petersburg | 2019–2020 | Russian Premier League | 28 | 0 | 4 | 0 | 6 | 0 | — | — | 38 | 0 | ||
2020–2021 | 28 | 3 | 0 | 0 | 5 | 0 | — | 1 | 0 | 34 | 3 | |||
2021–2022 | 27 | 0 | 2 | 1 | 7 | 0 | — | 1 | 0 | 37 | 1 | |||
2022–2023 | 11 | 0 | 2 | 0 | — | — | 1 | 0 | 13 | 0 | ||||
Jami | 94 | 3 | 8 | 1 | 18 | 0 | — | 3 | 0 | 122 | 4 | |||
Jami | 253 | 7 | 27 | 2 | 34 | 1 | 34 | 4 | 3 | 0 | 351 | 13 |
Yutuqlari
tahrirJamoaviy yutuqlari
tahrir- Mineiro ligasi chempioni — 2015-yil
- Braziliya kubogi sohibi 2014-yil
- Rossiya chempioni — 2019-2020, 2020-2021, 2021-2022
- 2019-2020-yilgi Rossiya kubogi gʻolibi
- Rossiya Superkubogi gʻolibi — 2020, 2021, 2022
Terma jamoadagi yutuqlari
tahrirShaxsiy yutuqlari
tahrirBraziliya kumush toʻp sohibi: 2015-yil
Manbalar
tahrir- ↑ Douglas Santos // Transfermarkt.com (mn.) — 2000.
- ↑ Douglas dos Santos Justino de Melo // As (isp.) — Madrid: Grupo PRISA, 1967.
- ↑ „Наутико Ресифи VS. Сентрал 2:0“ (en). soccerway.com (2012-yil 16-fevral).
- ↑ „Наутико Ресифи VS. Бело Жардим 3:1“ (en). soccerway.com (2012-yil 26-fevral).
- ↑ „Наутико Ресифи VS. Понте-Прета 3:0“ (en). soccerway.com (2012-yil 19-iyul).
- ↑ „Ливорно VS. Удинезе 1:2“ (en). soccerway.com (2013-yil 21-dekabr).
- ↑ „HSV verpflichtet Douglas Santos.“ (de). Hamburger SV (2016-yil 31-avgust). Qaraldi: 2016-yil 31-avgust.
- ↑ „Гамбург VS. РБ Лейпциг 0:4“ (en). soccerway.com (2016-yil 17-sentyabr).
- ↑ „«Зенит» объявил о переходе Дугласа Сантоса“ (ru). sports.ru (2019-yil 4-iyul).
- ↑ „Дания (до 23) VS. Бразилия (до 23) 0:4“ (en). soccerway.com (2016-yil 11-avgust).
- ↑ „Бразилия (до 23) VS. Колумбия (до 23) 2:0“ (en). soccerway.com (2016-yil 14-avgust).
- ↑ „Бразилия (до 23) VS. Ирак (до 23) 0:0“ (en). soccerway.com (2016-yil 8-avgust).
- ↑ „Бразилия (до 23) VS. ЮАР (до 23) 0:0“ (en). soccerway.com (2016-yil 4-avgust).
- ↑ „Бразилия (до 23) VS. Германия (до 23) 1:1“ (en). soccerway.com (2016-yil 20-avgust).
- ↑ „Бразилия (до 23) VS. Гондурас (до 23) 6:0“ (en). soccerway.com (2016-yil 17-avgust).
- ↑ „Панама VS. Бразилия 0:2“ (en). soccerway.com (2016-yil 30-may).