Dovudbek dugʻlat, amir Dovud (14-asr) — Amir Temurning xos mulozimi, safdoshi va lashkarboshisi va singlisi Qutlugʻ Turkon otoning eri. Sohibqironning ilk faoliyati davrida u bilan yelkama-yelka turgan, koʻp janglarida katta jasorat koʻrsatgan. 1370-yil Amir Temur amir Husayn ustidan uzilkesil gʻalaba qozonganidan keyin D.d. ga Samarqand voliyligini va devonbegi lavozimini bergan. 1374-yil martida Xorazmga, Jahongir mirzoga qayliqlikka Sevinbeka (Xonzoda)ni keltirishga yuborilgan.

Adabiyot

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil