Doyna — moldavan va rumin musiqa folklorining asosiy janrlaridan; Bolgariya, Ukraina, Yugoslaviya xalqlari ijodida ham oʻrin olgan. Qoʻshiq hamda cholgʻu kuylaridan iborat. D. dastlab 2 qism (birinchisi — hazin qoʻshiq, ikkinchisi — shoʻx raqs kuyi)dan iborat boʻlib, keyinchalik shaklan va mazmunan boyigan. Rumin va moldavan kompozitorlari (Sh. Nyaga, D. Gershfeld, Ye. Doga va b.) D. xususiyatlaridan ijodiy foydalangan. Moldaviya "D." davlat xor kapellasi faoliyat koʻrsatmoqda (1930-yildan).

Adabiyot tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil