Dozator
Dozator — suyuq va sochiluvchan moddalar massasi yoki hajmini avtomatik tarzda oʻlchaydigan (dozalaydigan) qurilma. D.ning ogʻirlik va hajmiy, davriy (diskret) va uzluksiz ishlaydigan, dastaki va avtomatik boshqariladigan, bir va koʻp komponentli xillari bor. Davriy ishlaydigani texnologik jihozlar tik oʻrnatilgan hollarda, uzluksiz ishlaydigani yotiq oʻrnatilgan hollarda qoʻllanadi. D.lar taʼminlash, qabul qilish, oʻlchash qurilmalari (datchik), qayd qilish va rostlash tizimi hamda ijro etuvchi qurilmalardan iborat. D. xom ashyoni te-jash, materiallar iyerofini kamaytirish va b.ga imkon beradi. D. qurilish va savdo korxonalarida, oziq-ovqat sanoati hamda dori tayyorlash va b.da qoʻllanadi.
Adabiyot
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |