Dozimetriya nazorati
Dozimetriya nazorati - shaxsiy tarkib, qurol-yarogʻ, jangovar texnika, transport vositalari, harbiy anjomlar, oziq-ovqat, suv va muayyan hududning radioaktiv moddalar bilan zaharlanganlik darajasini aniqlash uchun oʻtkaziladigan tadbirlar majmui. D. n. nurlanish va radioaktiv zaharlanishni nazorat qilishga boʻlinadi. Nurlanish D. n. shaxsiy tarkib radioaktiv moddalardan zaharlangan joylarda harakat qilganida yoki boshqa sharoitlarda yuqqan radiatsiya dozasini oʻlchashdan iborat. Uning maʼlumotlariga qarab shaxsiy tarkibning radioaktiv nurlanishdan zaharlanishini oldini olish choralari koʻriladi. Radioaktiv zaharlanish D. n.da shaxsiy tarkib, qurol-yarogʻ., jangovar texnika, transport vositalari, harbiy anjomlar, oziq-ovqat va suvning radioaktiv moddalar bilan zaharlanish darajasi oʻlchanadi. Uning maʼlumotlariga koʻra shaxsiy tarkibni sanitariya tekshiruvidan oʻtkazish, qurol-yarogʻ, texnika anjomlarini zararsizlantirish choralari belgilanadi. Bunday D.n. qoʻshinlar zaharlangan zonadan chiqarilganidan keyin oʻtkazilad
Radioaktiv zararlanish sharoitida aholi ovqatlanishini tashkillashtirish. Ifloslangan hududlardagi aholining optimal ovqatlanishini tashkil etish ratsional ovqatlanishning asosiy talablari asosida atrof-muhit sharoitlari va elementar adaptatsiyaning asosiy yo‘nalishlaridan kelib chiqqan holda bajarilishi lozim. Ifloslangan hududlardagi bolalar va kattalarning ovqatlanish ratsionining asosiy qoidalarini bajarish quyidagilardan iborat:
• oqsillar ulushini asosan hayvonlardan olingan oqsillar hisobiga ratsion kaloriyaliligining 15 foizigacha ko‘paytirish (ular umumiy oqsil tushishining 60 foizini tashkil etishi lozim);
• yog‘ tushishi ratsion kaloriyaliligining 30 foizigacha cheklab qo‘yilishini o‘simlikyog‘lari miqdorini umumiy yog‘ tushishining 30 foizigacha kamaytirish hisobidan amalga oshirilishi (bu ratsiondagi PTYOK pasayishiga olib keladi);
• ratsiondagi antioksidant vitaminlar: E, S, A vitaminlari, p - karotin, bioflavonoidlar miqdorini yoshga oid me’yorlarga nisbatan 20 - 50 foizgacha oshirish;
• ovqat tolalari miqdorini 20 - 30 foizgacha oshirish; • mineral moddalar: kalsiy, kaliy, yod, magniy, temir, selen oshiqcha tushishini ta’minlash; Aholini tavsiya etilgan oziqa moddalari va quvvat bilan ta’minlash uchun ratsionni tuzishning quyidagi qonun-qoidalari nazarda tutilishi kerak:
• ratsiondato‘laqonli oqsillar, A vitamini, temir, mikroelementlar manbalari - go‘sht, parranda go‘shti, baliqning yog'siz turlari, ich mahsulotlari yetarlicha bo‘lishi;
• ovqatlanishda С vitamini, P - karotin, kaliy, ovqat tolalari, organik kislotalar m anbalari boMgan sabzavotlar, m evalar va oshko‘klardan keng foydalanilishi; har kuni eti bilan birga olingan sharbatlar ichish; • haqiqiy kalsiy va to‘laqonli oqsil manbai bo‘lgan sut, tvorog, pishloqni yetarlicha iste’mol qilish;
• ratsionga yod, alginatlar, mikroelementlar manbai boMgan dengiz mahsulotlari (dengiz balig‘i va sut o‘tlari)ni kiritish.
Profilaktika mahsulotlaridan umumiy ovqatlanish tizimida va uy sharoitida foydalanish imkoniyati aholini kimyoviy tarkibiy qismi va quvvatiy qiymatiga ko‘ra gigiyena talablariga javob beradigan mahsulotlar to‘pllami bilan amalda haqiqiy ta’minlash vazifasini yengillashtiradi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |