Drap (frans. drap — movut) — jun matoning bir xili. Yigirilgan jun ipdan toʻqiladi. Patli yoki patsiz, sidirgʻa yoki guldor xillari boʻladi. D. qalin, qoʻsh qatlam boʻlganligidan kishi tanasini issiq tutadi. Sirtqi qatlami ichki qatlamiga qaraganda sifati yuqoriroq jundan toʻqiladi.

Adabiyot

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil