Drel (nem. Drilibohrer — burgʻilash, parmalash) — metall, yogʻoch va b.da kichik (50 mm gacha) teshiklar ochish uchun moʻljallangan asbob. Parmasi dastaki, elektr va pnevmatik harakatlantiriladigan xillari bor. Elektr D. elektr dvigatel, korpus, tishli uzatma va parma oʻrnatiladigan patrondan iborat. Bunday D. oʻzgaruvchan tok b-n, pnevmatik D. kompressor hosil qiladigan siqiq havo bilan ishlaydi.

AdabiyotTahrirlash

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil