Drena (ing. drain — quritmoq, zax qochirmoq) — tuproq-gruntdagi ortiqcha suvlarini yigʻish va chiqarib tashlash hamda tuproq aeratsiyasini yaxshilash uchun quriladigan yopiq kanal (quvur). D. kollektor-drenaj tarmogʻining suv sathini tartibga solish qismidagi birlamchi boʻgʻindir. Doimiy yoki muvaqqat boʻladi. Doimiy D. muntazam drenaj uchun, muvaqqati esa yer shoʻrini yuvish davrida quriladi.

Adabiyot

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil