Drenaj oqimi moduli
Drenaj oqimi moduli - zaxi qochiriladigan maydon birligi (gektar)ga toʻgʻri keladigan sizot (grunt) suvi oqimining miqdoriy tavsifi. D. o. m. (sd) 1 ga uchun l/s da oʻlchanadi. D. o. m. optimal meliorativ rejim saqlangan sharoitlarda drena va kollektorlardagi suv sarfini aniklashda foydalaniladi. Sugʻoriladigan yerlarda D. o. m. 1 ga maydonga 0,15—0,40 l/s toʻgʻri keladi. Uning qiymati hisoblash (analitik) va tajriba (eksperimental) usullari bilan aniqlanadi. Grunt va yer osti suvlarining drenaj inshootlariga eng koʻp oqib kelishi davrida ularni qanday jadallikda oqizib yuborish uchun kollektordrenaj tarmogʻining doimiy va muvaqqat inshootlarini iqtisodiy foydali mutanosiblikda qoʻllash masalasi D. o. m. qiymati asosida hal etiladi.
Masharif Boqiyev.
Adabiyot
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |