Dresva — togʻ jinslarining nurashidan hosil boʻlgan sementlanmagan hosilalar (mayda shagʻal). 1 – 10 mm kattalikdagi oʻtkir qirrali, togʻ jinsi yoki mineral boʻlaklaridan iborat. Koʻpincha tub jinslar atrofida yigʻiladi. D.ni sunʼiy yoʻl bilan toshlarni maydalab ham olinadi. Oʻzbekistonda Chatqol, Qurama, Nurota, Zirabuloq, Ziyovuddin, Qoratepa va b. togʻlarda intruziv jinslar — gabbro, granodi-orit, granit va alyaskitlarning yer yuzasida ochilib qolgan joylarida uch-raydi. Qurilishda ishlatiladi.

Adabiyot

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil