Dreyf oqim
Dreyf oqim (gollandcha drijveh — suzish, haydash) — shamol va oqim taʼsirida okean va dengiz suvi ustki qatlamining oʻziga xos harakatga kelishi. Ishqalanish taʼsirida suv dengiz tagiga tomon tusha boradi. D. o. nazariyasini F. Nansen yaratgan; bu nazariyani shved geofizigi va okeanografi V. Ekman 1906 yilda matematik yoʻl bilan isbot qilgan. Yerning aylanishi natijasida D. o. dengiz yuzasida shim. yarim sharda 45° oʻngga, jan. yarim sharda 45° chapga buriladi. Dengiz tagiga chuqurlashgan sari oqim koʻproq burila boradi va muayyan chuqurlik (200 m) da oqim suv yuzasidagiga nisbatan boshqacha yoʻnalishda oqadi.
Adabiyot
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |