Dreyk boʻgʻozi
Dreyk boʻgʻozi — Olovli Yer arxipelagi va Jan. Shetlend o.lari oraligʻida joylashgan. Atlantika okeanini Tinch okean bilan boglaydi. Uzunligi 460 km; dunyodagi eng keng boʻgʻoz (1120 km gacha). Chuq. 5249 m gacha (eng sayoz joyi 276 m). Kuchli boʻronlar boʻladi. Qish oylarida jan. qismi muz bilan qoplanadi; yozda aysberg (muztogʻ) koʻp. Boʻgʻoz oʻsha joydan 1578-yilda suzib oʻtgan ingliz dengizchi sayyohi F. Dreyk nomi bilan atalgan.
Adabiyot
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |