Dublyor
Dublyor (frans. doubler — ikki baravar oshirmoq) — 1) bir xil ishni parallel bajaruvchi shaxs, tashkilot (mas. D. korxona; kosmonavtning D.i — bir xil tayyorgarlikdan oʻtuvchi va kerak boʻlganda asosiy kosmonavtni almashtiruvchi); 2) teatrda asosiy rol ijrochisini almashtira oladigan aktyor, shuningdek, kinoda filmni dublyaj qilishda matn tarjimasi boʻyicha ovoz beruvchi aktyor, maxsus tayyorgarlikni talab etuvchi murakkab va akrobatik mashqlarni aktyor oʻrniga bajaruvchi shaxs — kaskadyor.
Adabiyot
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |