Dumba

dumbali qoʻy zotlarining dum ildizi va dumgʻaza ostonasida

Dumba — dumbali qoʻy zotlarining dum ildizi va dumgʻaza ostonasida, teri ostida hosil boʻluvchi yogʻ toʻplami (dumba yogʻi nomi bilan maʼlum). D.li qoʻylar 10—15 kg gacha, boʻrdoqiga boqilganda oʻta semiz qoʻchqorlar 40—45 kg gacha D. yogʻi toʻplaydi. D.li qoʻylar asosan qurgʻoqchil va dasht iqlimli zonalarda bo-qiladi. Organizmda D. toʻplanishi xususiyati qurgʻoqchil zona sharoitlariga moslashuv tarzida paydo boʻlgan. Yilning qulay kelishi va tabiiy oʻtloqlarning serhosil mavsumlarida, yem-xashak koʻp boʻlgan sharoitlarda qoʻylar tanasida D. va b. yogʻlar zaxirasini toʻplaydi. Qish fasli, noqulay ob-havo sharoitlari, ozuqa taqchilligi paydo boʻlganda D. oziq modda va suv manbai tarzida organizm ehtiyojlari uchun sarflanadi. Soʻyilgan qoʻylar D.sining yogʻi oʻzining toʻyimliligi, mazasi bilan ayniqsa Eron, Afgʻoniston, Oʻrta Osiyo mamlakatlarida qadrlanadi.

Adabiyot

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • Amirov A. K., Myasosalnaya produktivnost ovets, razvodimix v Oʻzbekistane, T., 1981.