Dumba-jigar
Dumba-jigar — yaxna taom. Qad. chorvador qabilalarning oshxonasiga mansub. Qozoq va qirgʻiz pazandaligida "quyruq bovur" nomi bilan hozirgacha saqlanib keladi. Qoʻyning dumba va jigari yaxlitligicha alohida-alohida idishlarda sust olovda dumba 45 min., jigar esa 30 min. pishiriladi. Pishgan dumba va jigar sovutilgach, yaproqyaproq (qalinligi 1—2 sm, eni 2—3 sm, uz. 4—5 sm) qilib kesiladi. Likobchada bir boʻlak jigar ustiga dumba qoʻyilib, dasturxonga tortiladi.
Adabiyot
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |