Dumbullik

don ekinlari urugʻi (endosperm)ning yetilishi boshlanadigan faza; donning sut va mum pishish davri

Dumbullik — 1) don ekinlari urugʻi (endosperm)ning yetilishi boshlanadigan faza; donning sut va mum pishish davri. Ekinlar gullaganidan 12—16 kun (sutka) oʻtganidan keyin boshlanadi, 7—15 kun davom etadi. Bu vaqtda urugʻda suv (50% ga qadar), eruvchan uglevodlar va azot birikmalari koʻp boʻladi. D. davrida murtak toʻliq shakllangan va endospermda oziq moddalar koʻp toʻplanadi (qarang Don); 2) pishmaganlik, xomlik, gʻoʻrlik (mevalarda).

Adabiyot

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil