Dumli amfibiyalar (Caudata Urodela) — amfibiyalar sinfining bir turkumi. D.a. Shim. yarim sharning oʻrta mintaqasida, bir nechta turi Jan. Amerikada tarqalgan. Hammasi boʻlib 150 ga yaqin turi bor. Ularning tashqi koʻrinishi kaltakesakka oʻxshaydi. Dumi uzun, oyoklari kalta, baʼzan rudiment xrlda (amfiumada), baʼzilari (siren)da oyoq boʻlmaydi. Oyoqlari suzishda ishtirok etmaydi. Tanasi va dumi yordamida suzadi. Boʻyi 100 sm cha. Siren, protey kabi turlarida jabra va yon chizigʻi umrbod saqlanib qoladi. Terisi silliq, mayda shilimshiq bezli boʻladi. D.a. koʻpincha suvda yashaydi; baʼzilari faqat koʻpayish uchun suvga tushadi. Baʼzi turlarida neoteniya sodir boʻladi. Bir qancha turlarida ichki urugʻlanish yuz beradi. Bunda erkagining spermatofori urgʻochisining kloakasidagi urugʻlik xaltasiga tushadi. 2 tadan bir necha yuztagacha tuxum qoʻyadi. Baʼzilari tirik tugadi yoki tuxumdan bola ochadi. Mayda umurtqasiz hayvonlar bilan oziqlanadi. Suvda va nam yerlarda hayot kechiradi. Asosan, Shim. yarim sharning oʻrta mintaqasida tarqalgan. Oʻzbekiston hududida D. a. uchramaydi. Akvariumda tritonlar boqiladi.

Dumli amfibiyalar
Biologik klassifikatsiya
Olam: Hayvonlar

Adabiyot

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil