Dumper (ing . dump — agʻdarmoq) — sochiluvchan yuk (qum, shagʻal va b.)larni yaqin (2 km gacha) masofaga tashish uchun moʻljallangan ixcham oʻziagʻdarar mashina. Chaqqonligi, ish unumdorligi yuqoriligi, yukni tez ortish va boʻshatish imkoni borligi, qayrilib olishi shart emasligi (ikkala yoʻnalishda ham bir xil tezlikda harakatlana olishi) bilan oddiy (katta) oʻziagʻdarar mashinalardan farq qiladi. D. kuzovi haydovchi oʻrindigʻining oldida joylashgan, haydovchining oʻrindigʻi buriladigan qilib yasalgan, boshqarish qurilmalari D.ni orqaga ham haydashga imkon beradigan qilib tuzilgan. D. qurilishda, sanoat korxonalarida, aeroport va vokzallarda ishlatiladi.

Adabiyot tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil