Dunasr (fors, du — ikki va arab, nasr — yordam, gʻalaba) — anʼanaviy mumtoz musiqa shakllarining tarkibiy tuzilmasi; kuy rivojini taʼminlovchi vositalardan biri. D., asosan, maqom yoʻllari, shuningdek, bastakorlik ijodiyotiga molik ashula va cholgʻu namunalarida uchraydi; unda odatda boshlangʻich kuy tuzilmasi (sarxat yoki daromad) bir oktava balandlikka koʻchirilib (oʻzgarmay yoki qisman oʻzgargan xrlda) takrorlanadi.

Adabiyot tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil