Dunkan de More (niderlandcha: Duncan de Moor), Duncan Lawrence nomi bilan tanilgan (inglizcha: Duncan Lawrence; 1994-yil 11-aprel) – gollandiyalik estrada xonandasi, „Arcade“[1] qoʻshigʻi bilan Eurovision 2019 qoʻshiq tanlovi gʻolibi boʻlgan[2][3].

Duncan Lawrence
Duncan Lawrence Eurovision 2019 qo'shiq tanlovi taqdirlash marosimida
Duncan Lawrence Eurovision 2019 qo'shiq tanlovi taqdirlash marosimida
Umumiy maʼlumot
Tavalludi Duncan de Moor
11-aprel 1994-yil (1994-04-11) (30 yosh)
Janrlar Pop
Kasbi Qo'shiqchi
Faoliyat yillari 2014–hozirgi payt
Leybllar
Fuqaroligi Niderlandlar
Veb-sayt https://www.duncanlaurence.nl/

Biografiyasi

tahrir

2012-yilda Brill shahrida boʻlib oʻtgan isteʼdodlar tanlovida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan. Bir yil oʻtgach, oʻzining „The Slick and Suited“ guruhiga asos soldi va Tilburgdagi Rok akademiyasida musiqiy faoliyatini boshladi. 2013-yilda Groningendagi Eurosonic Noorderslag festivalida chiqish qilgan.

Ilse De-Langi[4] boshchiligida „Gollandiya ovozi“ tanlovining beshinchi mavsumida ishtirok etgan. Jihod Ramuni bilan birgalikda 2018-yilda Koreyaning TVXQ guruhining „New Chapter #1: The Chance of Love“[5] albomi uchun „Closer“ qoʻshigʻini yozgan.

2019-yilda Tel-Avivda (Isroil) boʻlib oʻtgan Eurovision 2019 qoʻshiq tanlovida „Arcade“ nomli qoʻshigʻi bilan Niderlandiya nomidan ishtirok etgan va 498 ball (hakamlar hayʼatidan 237 ball va tomoshabinlardan 261 ball) bilan tanlovda gʻolibiga aylangan.

Bundan tashqari, Lourens 2020-yilda tanlov bekor qilingani sababli bugungi kunga qadar eng uzoq vaqt gʻolib sifatida qolgan Eurovision gʻolibi hisoblanadi. Yangi gʻolib 2021-yil 22-maygacha aniqlanmagani sababli Lourens unvonini ikki yildan koʻproq vaqt davomida saqlab qolgan.

„Eurovision 2021“ning finalida jonli ijroda chiqishi rejalashtirilgan edi, biroq koronavirus testi ijobiy chiqqanligi sababli sahnaga chiqmagan[6] va final paytida, qoʻchiqchining oldindan yozib olingan kadrlari efirga uzatilgan[7][8].

Shaxsiy hayoti

tahrir

2020-yilning fevral oyida tugʻma kislorod yetishmasligi va buning natijasida natijada oʻng qoʻlida harakat buzilishi borligini aniqlandi.

U Biseksual[9]. „Eurovision 2019“ finali oldidan oʻtkazilgan matbuot anjumanida Lourens shunday degan: „Men shunchaki artist emasman, men insonman, men tirik mavjudotman, men biseksualman, men musiqachiman, gʻoyalar uchun kurashaman va men kimligimni koʻrsatish imkoniyatiga ega ekanligimdan faxrlanaman“[10]. 2019-yil iyun oyida polshalik jurnalist Sergiush Krulak bilan suhbat chogʻida Dunkan hozirda bir erkak bilan munosabatda ekanligini tasdiqladi[11]. 2019-yil sentyabr oyida juftlik ajrashgani maʼlum boʻldi.

2020-yil 5-oktyabrda Lawrence amerikalik qoʻshiqlar muallifi Jordan Garfildga unashtirilganini eʼlon qildi.

2023-yil 21-avgustda juflik Shvetsiyada turmush qurishdi.

Diskografiyasi

tahrir

Albomlar

tahrir
  1. Worlds On Fire (EP) – 2020-yil 13-may
  2. Small Town Boy – 2020-yil 13-noyabr

Singllari

tahrir
  • „Arcade“
  • „Love Donʼt Hate It“
  • „Someone Else“
  • „Last Night“
  • „Feel Something“
  • „Stars“
  • „Heaven Is a Hand to Hold“
  • „Back to Back“

Manbalar

tahrir
  1. „The Netherlands: Duncan Laurence To Sing “Arcade” In Tel Aviv“. 2019-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 12-mart.
  2. Groot, Evert „Duncan Laurence will represent The Netherlands this year“. eurovision.tv (2019-yil 21-yanvar). 2019-yil 5-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 12-mart.
  3. „Дункан Лоуренс - представитель Нидерландов“. evrovidenie2019.org. 2019-yil 5-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 5-may.
  4. Popescu, David „Netherlands: Duncan Laurence on his way to Tel-Aviv!“. escunited.com (2019-yil 21-yanvar). 2020-yil 2-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 12-mart.
  5. Koeleman, Danja „Duncan Laurence naar Songfestival: Wie is de 24-jarige zanger?“ (nl). nu.nl (2019-yil 21-yanvar). 2019-yil 19-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 12-mart.
  6. „Победитель "Евровидения-2019" заразился коронавирусом и не выступит вживую в финале“. ТАСС. 2021-yil 20-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 20-may.
  7. „Eurovision'21: Duncan Laurence Tests Positive For COVID-19“ (en-GB). Eurovoix (2021-yil 20-may). 2021-yil 29-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 20-may.
  8. „Duncan Laurence via eerder opgenomen repetitie te zien in finale Songfestival“ (nl). NU (2021-yil 21-may). 2021-yil 21-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 21-may.
  9. „𝕯𝖚𝖓𝖈𝖆𝖓 𝕷𝖆𝖚𝖗𝖊𝖓𝖈𝖊 в Instagram: «“Some say love...” A phrase of a great song by Bette Midler. To me love has no limits and especially not in gender. A couple of years ago I…»“ (ru). Instagram. 2020-yil 24-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 19-may.
  10. „Dutch Eurovision contestant Duncan Laurence comes out as bisexual“ (en). Gay Times (2019-yil 18-may). 2019-yil 19-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 19-may.
  11. „Duncan Laurence - zwycięzca Eurowizji 2019 o braku akceptacji i niesamowitym geście rodziców [WIDEO“] (pl). plejada.pl (2019-yil 2-iyun). 2019-yil 3-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 6-avgust.