Dunimsar

ogʻirlik oʻlchov birligi; qiymati 1 man ning 1/16 ulushiga teng

Dunimsar — 1) ogʻirlik oʻlchov birligi; qiymati 1 man ning 1/16 ulushiga teng . Oʻrta Osiyoda keng qoʻllangan. Ogʻirlik oʻlchov birligi manning ulushli qiymati ishlatilgan va joyiga qarab har xil bulgani uchun D.ning qiymati ham har xil boʻlgan. Buxoroda 2,5 ucmop ham D. deb yuritilib, 54 g ga teng boʻlgan (1 D.=2,5 istor = 2,5-21,6 g = 54 g). Buxoroning 25,6 kg li mani boʻyicha 1 D.= 1,6 kg boʻlgan. 19-asrda katta D. katta (16 pudli) manning 1/16 ulushi, yaʼni 16,38 kg boʻlgan va 1 pud deb, kichik D. kichik (8 pudli) manning 1/16 ulushi, yaʼni 8,19 kg bulgan va 0,5 pud deb yuritilgan. D. Toshkent, Fargʻona, Xoʻjand va b. viloyatlarda qariyb qullanilmagan; 2) bugʻdoy ekiladigan yer maydonini ham taxminan belgilashda qoʻllangan birlik; 1 D. bugdoy ekiladigan yer maydoni 1 D. maydon hisoblanadi.

Adabiyot

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil