Dunyoning eng badavlat ayollari roʻyxati

Forbes jurnali har yili dunyodagi eng badavlat milliarder ayollar reytingini tuzib chiqadi. Ushbu roʻyxatni tuzishda yiliga bir marta, odatda mart oyida Forbes tomonidan eʼlon qilingan statik reytingdan foydalaniladi. 2021-yil 17-mart holatiga koʻra dunyoning eng badavlat kishilari roʻyxatida 328 nafar ayol bor edi va 2020-yilning mart oyida bu koʻrsatkich 241 tani tashkil etgan edi[1]. 2021-yildan beri Fransua Bettenkur Meyers dunyoning eng badavlat ayoli sifatida qayd etiladi.

2021-yilgi umumiy milliarderlar roʻyxatiga koʻra, ayollar milliarderlar guruhining 11,9 foizini tashkil qiladi. Barcha milliarder ayollarning yarmidan koʻpi merosxoʻrlar yoki boyligining 30 foizdan koʻp qismi meros boʻlib qolgan. Umumiy milliarder ayollar guruhida milliarderlarning 16,9 foizi bu darajaga oʻzi mustaqil erishgan va 53,5 foizi 2017-yil holatiga koʻra meros va oʻz boyliklari kombinatsiyasi orqali shu darajaga erishgan[2].

2020-yil 18-mart holatiga koʻra dunyoning eng badavlat ayollari roʻyhatida Alice Walton birinchi oʻrinni egallayotgan edi. 2021-yilga kelib Françoise Bettencourt Meyers dunyoning eng badavlat ayollari roʻyhatida birinchilikka koʻtarilib oladi va Alice Walton 2-oʻringa tushib qoladi.

2021-yil roʻyxati tahrir

2021-yil yanvar oyida CEOWORLD jurnali Fransua Bettenkur Meyersning boyligi haqidagi maqolani chop etadi. Bunga koʻra agar uning oilasining boyligi, uning umumiy boyligiga kiritilsa, Fransua Bettenkur Meyersning boyligi 71,4 milliard dollarga baholanishini eʼlon qiladi[3].

Forbes statik reytingidan foydalangan holda 2021-yil 17-mart holatiga koʻra dunyoning eng boy milliarder ayollarining top 10 taligi quyidagi ketma-ketlikka toʻgʻri keladi[1]:

Ismi Rasmi Tugʻilgan sanasi AQSh$ sof qiymati
(milliardlar)
Fuqaroligi Manba Jahondagi oʻrni
  1 Françoise Bettencourt Meyers 10-iyul 1953-yil (1953-07-10) (70 yosh)   73.6   Fransiya L’Oreal   12
  2 Alice Walton   7-oktyabr 1949-yil (1949-10-07) (74 yosh)   61.8   Amerika Qoʻshma Shtatlari Walmart   17
3 Makkenzi Skott   7-aprel 1970-yil (1970-04-07) (54 yosh)   53   Amerika Qoʻshma Shtatlari Amazon.com   22
4 Julia Koch   12-aprel 1962-yil (1962-04-12) (62 yosh)   46.4   Amerika Qoʻshma Shtatlari Koch sanoati   27
  5 Miriam Adelson   10-oktyabr 1945-yil (1945-10-10) (78 yosh)   38.2   Amerika Qoʻshma Shtatlari /  Isroil Las-Vegas Sands   36
  6 Jaklin Mars 10-oktyabr 1939-yil (1939-10-10) (84 yosh)   31.3   Amerika Qoʻshma Shtatlari Mars, Inc.   48
  7 Yang Huiyan 20-iyul 1981-yil (1981-07-20) (42 yosh)   29.6   Kipr[4] Country Garden Holdings   50
  8 Syuzan Klatten   28-aprel 1962-yil (1962-04-28) (61 yosh)   27.7   Germaniya Altana, BMW   53
  9 Jina Rinehart   9-fevral 1954-yil (1954-02-09) (70 yosh)   23.6   Avstraliya Hancock Prospecting   70
 10 Iris Fontbona 1942/1943 (age 81–82)   23.5   Chili Antofagasta plc   74

2020-yil roʻyxati tahrir

Forbes statik reytingidan foydalangan holda 2020-yil 18-mart holatiga koʻra dunyoning eng boy milliarder ayollarining top 10 taligi quyidagi ketma-ketlikka toʻgʻri keladi[5]:

Ismi Rasmi Tugʻilgan sanasi AQSh$ sof qiymati
(milliardlar)
Fuqaroligi Manba Jahondagi oʻrni
  1 Alice Walton   10-iyul 1949-yil (1949-07-10) (74 yosh)   65.9   Amerika Qoʻshma Shtatlari Walmart 12
  2 Fransuaza Bettenkur Meyers 10-iyul 1953-yil (1953-07-10) (70 yosh)   65.4   Fransiya L’Oreal 13
  3 Makkenzi Skott   7-aprel 1970-yil (1970-04-07) (54 yosh)   62.3   Amerika Qoʻshma Shtatlari Jeff Bezos bilan ajrashadi   17
  4 Julia Koch   12-aprel 1962-yil (1962-04-12) (62 yosh)   44.9   Amerika Qoʻshma Shtatlari Koch sanoati   24
  5 Jaklin Mars 10-oktyabr 1939-yil (1939-10-10) (84 yosh)   28.9   Amerika Qoʻshma Shtatlari Mars, Inc.   38
  6 Yang Huiyan 20-iyul 1981-yil (1981-07-20) (42 yosh)   27.3   Kipr[6] Country Garden Holdings   43
  7 Syuzan Klatten   28-aprel 1962-yil (1962-04-28) (61 yosh)   23.9   Germaniya Altana, BMW   54
  8 Loren Pauell Jobs   6-noyabr 1963-yil (1963-11-06) (60 yosh)   19.9   Amerika Qoʻshma Shtatlari Apple Inc., The Walt Disney Company, nikoh   67
  9 Zhong Huijuan 1961 (yoshi 62–63)   18.8   Xitoy Hansoh farmatsevtika kompaniyasi   70
  10 Jina Rinehart   9-fevral 1954-yil (1954-02-09) (70 yosh)   16.1   Avstraliya Hancock Prospecting   103

Yana qarang tahrir

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 „The top 10 richest women in the world“. Forbes (2021-yil 6-aprel). Qaraldi: 2021-yil 19-aprel.
  2. [1]"
  3. „Ranked: The World's Richest Women, 2021“ (2021-yil 19-yanvar).
  4. Taiwan News
  5. „The top 10 richest women in the world“. Forbes (2020-yil 18-mart). Qaraldi: 2020-yil 14-iyun.
  6. Taiwan News