Dustlar
Dustlar (ing. dust — chang) — kukun shaklidagi pestitsidlar. Ekinlarga tushgan zararkunandalar, begona oʻtlarga qarshi sepiladi, urugʻlarni upalashda ishlatiladi. Insektitsid, fungitsid, akaritsid yoki gerbitsidning inert toʻldirgich bilan oddiy aralashmasidan iborat. Toʻldirgich sifatida talk, pirofilit, boʻr, kaolin, trepel, sili-kagel va har xil tarkibli tuproqdan foydalaniladi. Koʻpincha pirofilit va talk qoʻshiladi, chunki ular oʻsimlikka yaxshi yopishadi. D. changining uchib ketishini kamaytirish uchun 3—5% li mineral moy aralashtiriladi (qarang Mineral moylar). Sugʻorma dehqonchilik mintaqalarida kemiruvchi zararkunandalar (kuzgi tunlam, simqurtlar va b.), oʻrgimchakkanaga qarshi (oltingugurt kukuni) kurashda yaxshi natija beradi.
Adabiyot
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |