Dutov Aleksandr Ilich (1879—1921) — rus general-leytenanti (1919). 1917-yil sentabrdan Orenburg kazaklari atamani, 1917-yil noyabrda Orenburgdagi shoʻrolar hokimiyatiga qarshi qurolli chiqishga rahbarlik qilgan. 1918—19 yillarda Orenburg armiyasi qoʻmondoni. 1919-yil sentabrda Turkiston fronti (qoʻmondon — M. V. Frunze) koʻshinlaridan yengilgach, Xitoyga qochgan va oʻsha yerda oʻldirilgan.

Adabiyot tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil