Duvier Riaskos
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Duvier Orlando Riaskos Barahona (ispancha: Duvier Orlando Riascos Barahona 1986-yil 26-iyun, Buenaventura, Valle del Kauka) – kelib chiqishi kolumbiyalik boʻlgan futbolchi. Hujumchi sifatida Kolumbiya va AQSH klublarida toʻp surgan.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Duvier Orlando Riaskos Barahona | ||
Tavallud sanasi | 26-iyun 1986-yil | ||
Tavallud joyi | Buenaventura, Kolumbiya | ||
Boʻyi | 181 | ||
Ampluasi | Hujumchi |
Futbol karyerasi
tahrirRiaskos asli Kolumbiyalik boʻlgan va Amerika futbol akademiyasida tahsil olgan futbolchi. 2005-yilda u Kolumbiya chempionatida ilk professional klubi safida debyut qiladi, oʻsha yili Riaskos professional klub safida debyut golini uradi. 2006-yilda u „Real Cartagena“ jamoasiga ijaraga oʻtadi, ammo olti oy ichida u Amerikaga qaytadi.
2008-yilda Duvier Venesuelaning „Estudiantes de Merida“ klubiga oʻtadi. 17-avgust kuni Araguaga qarshi kechgan bahsda u yangi klubi safida oʻzining dastlabki debyut golini uradi[1]. Riaskos yangi klubiga mamlakat kubogi finaliga chiqishga yordam beradi, turnir davomida u 12 ta gol uradi va klubning eng yaxshi toʻpurari boʻladi. 2009-yilning yozida u ijara asosida vatani Kolumbiyaning „Deportivo Kali“ klubiga oʻtadi. Shu yili 13-iyul kuni Envigadoga qarshi kechgan bahsda Riaskos yangi jamoasida debyut qiladi[2]. 26-iyul kuni „Deportivo Pereyra“ ga qarshi oʻyinda Riaskos klubi uchun oʻzining birinchi golini uradi[3].
2010-yil yanvar oyida Riaskos „Once Caldas“ klubiga oʻtadi, lekin oradan biroz vaqt oʻtgach klub yangi hujumchini darhol Xitoyning „Shanxay Shenxua“ klubiga ijaraga beriladi. 27-mart kuni Changsha Gindega qarshi bahsda u Xitoy Superligasida debyut qildi[4]. Nanchang Bayga qarshi oʻyinda Riaskos oʻzining klub safidagi birinchi golini urdi[5]. Birinchi mavsumidayoq u 28 uchrashuvda 20 ta gol urdi va chempionatning eng yaxshi toʻpurari va Superliganing eng yaxshi futbolchisi unvonini qoʻlga kiritdi.
2011-yilning yozida Raiskos Meksikaning „Puebla“ klubiga ijaraga beriladi. 24-iyul kuni Atlasga qarshi oʻyinda Raiskos Meksika Primerasida Luis Garsiyaning oʻrniga ikkinchi boʻlimda tushadi va debyut qiladi[6]. 31-iyul kuni „Pachuka“ ga qarshi bahsda Riaskos oʻzining yangi jamoasi safida ilk golini urdi[7]. Puebla bilan olti oy davomida u 16 oʻyinda ishtirok etadi va 6 gol uradi.
Ijara muddati tugagach, hujumchini chempionat debyutanti Tixuana klubi sotib oladi. 2012-yil 7-yanvarda Monarkas Moreliyaga qarshi oʻyinda Raiskos yangi jamoasida debyut qiladi[8]. 5-fevral kuni oʻzining sobiq jamoasi Pueblaga qarshi oʻyinda Riaskos yangi Tixuana uchun birinchi golini uradi[9]. Birinchi mavsumida Raiskos Meksika chempioni boʻladi. 2013-yil 15-may kuni Libertadores kubogi doirasida oʻz klubi bilan ishtirok etadi va kubokning 1/8 finalida boʻlib oʻtgan Braziliyaning "Palmeyras" klubiga qarshi javob oʻyinida Raiskos gol uradi va bu Tixuanaga musobaqaning 1/4 finaliga chiqish imkonini beradi[10].
2013-yilning yozida Duvier Pachukaga koʻchib oʻtadi. 21-iyul kuni „Toluka“ ga qarshi oʻyinda u yangi klubida debyut qiladi[11]. 31-avgust kuni boʻlib oʻtgan Monarkas Moreliyaga qarshi oʻyinda Riaskos jamoasi Pachuka uchun birinchi golini uradi[12]. 2014-yil boshida Riaskos Monarcas Morelia jamoasiga transfer qilinadi. 4-yanvar kuni „Keretaro“ga qarshi bahsda u „shaftolilar“ (Monarcas Morelia) safida debyut qiladi[13]. Ammo ilk golini 18-yanvar kuni UANLga qarshi oʻyind[14] uradi. Shuningdek oʻsha yili u klubiga Meksika Superkubogini yutishda katta yordam beradi.
2015-yil boshida Riaskos Braziliyaning „Kruzeyro“ klubiga transfer qilinadi. Keyinroq 24-may kuni Ponte Pretaga qarshi oʻyinda u Braziliya A seriyasida debyut qiladi[15]. Jamoa oʻsha yilning yozida koʻproq oʻyin tajribasiga ega boʻlish uchun Riaskosni ijara asosida Vasko da Gamaga berib yuboradi. 31-may kuni „Atletiko Mineiro“ ga qarshi oʻyinda u yangi jamoasida debyut qiladi[16]. 20-iyun kuni Sport Resifega qarshi oʻyinda Riaskos Vasko da Gama uchun birinchi golini uradi[17]. Mavsum oxirida klub asosiy ligadan chiqib ketdi, ammo Riaskos B seriyada Vasko klubida oʻynashda davom etadi va hatto klubga Karioka ligasida gʻalaba qozonishga ham yordam beradi. 2016-yilning yozida Riaskos Kruzeyroga qaytadi. 12-iyun kuni „Atletiko Mineiro“ga qarshi oʻyinda u „Kruzeyro“ safidagi oʻzining dastlabki golini uradi[18].
2017-yil boshida Riaskos vatani Kolumbiyaga qaytib, Millionarios bilan shartnoma imzoladi. 1-mart kuni „La-Equidad“ ga qarshi oʻyinda u yangi jamoasida debyut qiladi[19]. 12-mart kuni Kali shahridan Amerikaga qarshi oʻyinda Riaskos Millionarios uchun oʻzining debyut golini urdi[20].
== Yutuqlari ==; Jamoaviy yutuqlari
- Rio-de-Janeyro shtati chempioni (1): 2016
- Kolumbiya chempioni (1): Finalisacion 2017
- Meksika chempioni (1): Apertura 2012
- Meksika Superkubogi sohibi (1): 2014
- Chili Superkubogi sohibi (1): 2019; Shaxsiy yutuqlari
- Venesuela kubogining eng yaxshi toʻpurari – 2008-yil
- Xitoyda-yilning eng yaxshi futbolchisi – 2010-yil
- Xitoy chempionatining eng yaxshi toʻpurari – 2010-yil
Manbalar
tahrir- ↑ „Арагуа ФК VS. Эстудиантес де Мерида 4:1“ (en). soccerway.com (2008-yil 17-avgust). 2015-yil 18-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 16-may.
- ↑ „Депортиво Кали VS. Энвигадо 2:2“ (en). soccerway.com (2009-yil 12-iyul). 2015-yil 18-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 16-may.
- ↑ „Депортиво Кали VS. Депортиво Перейра 2:1“ (en). soccerway.com (2009-yil 26-iyul). 2015-yil 18-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 16-may.
- ↑ „Чангша Гинде VS. Шанхай Шэньхуа 2:0“ (en). soccerway.com (2010-yil 27-mart). 2015-yil 18-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 16-may.
- ↑ „Нанчанг Баи VS. Шанхай Шэньхуа 1:2“ (en). soccerway.com (2010-yil 3-aprel). 2015-yil 18-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 16-may.
- ↑ „Атлас VS. Пуэбла 0:1“ (en). soccerway.com (2011-yil 24-iyul). 2014-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 16-may.
- ↑ „Пуэбла VS. Пачука 2:2“ (en). soccerway.com (2011-yil 31-iyul). 2015-yil 22-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 16-may.
- ↑ „Монаркас Морелия VS. Тихуана 1:1“ (en). soccerway.com (2012—01—07). 2016-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 16-may.
- ↑ „Пуэбла VS. Тихуана 1:1“ (en). soccerway.com (2012-yil 5-fevral). 2016-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 16-may.
- ↑ „Палмейрас VS. Тихуана 1:2“ (en). soccerway.com (2013-yil 15-may). 2013-yil 8-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 16-may.
- ↑ „Толука VS. Пачука 0:1“ (en). soccerway.com (2013-yil 21-iyul). 2014-yil 11-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 24-aprel.
- ↑ „Монаркас Морелия VS. Пачука 4:1“ (en). soccerway.com (2013-yil 31-avgust). 2017-yil 25-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 24-aprel.
- ↑ „Монаркас Морелия VS. Керетаро 0:1“ (en). soccerway.com (2014-yil 4-yanvar). 2014-yil 22-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 24-aprel.
- ↑ „Монаркас Морелия VS. УАНЛ Тигрес 2:0“ (en). soccerway.com (2014-yil 18-yanvar). 2017-yil 25-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 24-aprel.
- ↑ „Крузейро VS. Понте-Прета 1:1“ (en). soccerway.com (2015-yil 24-may). 2017-yil 25-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 24-aprel.
- ↑ „Атлетико Минейро VS. Васко да Гама 3:0“ (en). soccerway.com (2015-yil 31-may). 2017-yil 25-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 24-aprel.
- ↑ „Спорт Ресифи VS. Васко да Гама 2:1“ (en). soccerway.com (2015-yil 20-iyun). 2017-yil 25-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 24-aprel.
- ↑ „Атлетико Минейро VS. Крузейро 2:3“ (en). soccerway.com (2016-yil 12-iyun). 2017-yil 25-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 24-aprel.
- ↑ „Мильонариос VS. Ла Экидад 1:0“ (en). soccerway.com (2017-yil 1-mart). 2017-yil 25-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 24-aprel.
- ↑ „Мильонариос VS. Америка Кали 3:0“ (en). soccerway.com (2017-yil 12-mart). 2017-yil 25-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 24-aprel.