Duysburg
Duysburg — Germaniyadagi shahar, Shimoliy Reyn-Vestfaliya yerida Reyn daryosining oʻng sohilida, Reyn-Xerne kanali boshlanishida joylashgan. Aholisi 523,3 ming kishi (1998). Germaniyadagi eng katta daryo portlaridan, dengiz kemalari ham kira oladi (yiliga 1 mln. t dan ziyod yuk ortiladi va tushiriladi). Temir yoʻl tuguni, Rur havzasining gʻarbiy „darvozasi“, asosiy sanoat mar-kazlaridan biri hisoblandi. Metallsozlik, poʻlat konstruksiyalar ishlab chiqarish, mashinasozlik, daryo kemasozligi, neftni qayta ishlash, kimyo, oziq-ovqat sanoati korxonalari, shahar atrofida toshkoʻmir konlari bor. Duysburg porti oqali chetga koʻmir, koks, metallar, mashinalar chiqariladi; chetdan ruda, neft, yogʻochtaxta, gʻalla keltiriladi. Daryo kemasozligi va metall payvandlash institutlari bor. Shahar XIII asrdan beri maʼlum.
Adabiyot
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |