Dyuponlar — AQShdagi moliya guruhi. Bu guruh oilaviy tarzda shakllandi va taraqqiy etdi, asoschisi E. I. Dyupon boʻlib, u 1802 yilda Delaver shtatida porox zdi kurdi. D. 1812—14 yillardagi ingliz-amerika urushida, AQShning Meksika bilan boʻlgan urushida (1846—48), AQSH fuqarolar urushida (1861—65), ayniqsa birinchi (1914— 18) va 2-jahon urushlarida koʻp mahsulot sotib boyib ketdi. Germaniya urushda magʻlubiyatga uchragach, D. firmasi "I. G. Farbenindustri" patentlariga ega boʻldi va dunyodagi yirik kimyoviy trestga aylandi. D.ning sanoat uzagini "Dyupon de Nemur" kimyo va neftgaz kimyosi konserni tashkil qiladi. Konsern 1982 yilda AQShdagi "Konoko" neft firmasini sotib olib, uz qudratini yanada mustahkamlab oldi. AQShda konsernning sintetik tolalar, plastmassalar, gaz, neft, kimyoviy moddalar, harbiy mahsulotlar ishlab chikaradigan, koʻmir qazib oladigan unlab korxonalari faoliyat kursatdi. Shuningdek, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Belgiya, Niderlandiya, Shveysariya, Ispaniya, Norvegiya, Yaponiya, Kanada, Argentina, Braziliya, Chili, Kolumbiya, Venesuela va b. davlatlarda ham zavodlari bor. D. "Yuniroyyal", "Rokuell interneshonal" kabi eng yirik sanoat korporatsiyalarini, bir kancha moliya-kredit intlarini nazorat qiladi. Morganlar bilan mustahkam aloqasi bor.

Adabiyot

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil