Dzidzi susin ("Zamon va hodisa") — yapon axborot agentligi. 1945 yilda Tokioda tashkil etilgan. D.s. — hissa-dorlik jamiyati. 20 ta kundalik axborotnoma (90 tasi ingliz tilida) nashr qiladi. "Dzidzi nenkan" yilnomasini, "Syupan dzidzi" haftanomasini ham muntazam chiqarib turadi. Mamlakat ichkarisida 60 ga yaqin, chet ellarda esa 20 ga yaqin axborot boʻlimlari bor.

Adabiyot tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil